Nafosat, sadoqat va matonat ramzi bo‘lmish munis opa-singillarimiz, onalarimizning borligi biz uchun ulkan baxt desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Ko‘klamning ilk kunlarida aziz ayollarimizning bayramini nishonlashimiz ham bejiz emas. Zero ayollar hayotning bahoridir!
Har yili 8-mart butun dunyoda, shu jumladan yurtimizda ham keng nishonlanib, nozik xilqat egalari e’zozlanadi. Samarqand davlat tibbiyot universitetida ham 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan katta bayramona konsert dasturi tashkil etildi. Tadbirda so‘zga chiqqan Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev kirib kelayotgan bayram bilan barcha opa-singillarimizni tabriklab, ularga mustahkam sog‘lik, omad va baxt hamisha yor bo‘lishini tiladi. Shuningdek, universitetda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar bayram munosabati bilan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bayramona tadbir yakunida Hamid Olimjon nomidagi viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan “O‘jar qaynona” spektakli namoyish etilib, yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.
SamDTU Matbuot xizmati