Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Och qora
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
Kulrang rejim
O‘qish yo‘riqchisi
O'qish niqobi
Katta kursor

​Harbiy vatanparvarlik tadbirlari doirasida ZAKOVAT o‘yini o‘tkazildi

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2024-yil 12-dekabrdagi farmoyishi bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish dasturi doirasida talabalar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik mavzusida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

  O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi SamDTU boshlang‘ich tashkiloti, universitet 2-bo‘limi hamda "Qalqon" jamoatchilik guruhi bilan hamkorlikda tashkil etilgan intellektual o‘yinda talabalar faol ishtirok etdilar.

  O‘yin yakunida g‘olib va sovrindor jamoalarga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.



SamDTU Matbuot xizmati