Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Giyohvand va psixotrop vositalarga qarshi kurashish doirasida tadbir tashkil etildi

  Giyohvand va psixotrop moddalarga qaramlik nafaqat, o‘sha shaxs, balki, butun jamiyatga jiddiy salbiy ta’sir qiluvchi omil hisoblanadi. Unga qarshi kurashish va oldini olish har birimizning vazifamizdir.

  Joriy yilning 15-noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida Ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokida giyohvand va psixotrop dori vositalarining iste’mol qilinishi va tarqatilishini cheklashga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.

  Tadbirda talabalarga giyohvand va psixotrop moddalarni iste’mol qilishning ayanchli oqibatlari hamda ularni saqlash, tarqatganlik uchun belgilangan jinoiy jazo choralari haqida tushuntirishlar berib o‘tdi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.


SamDTU Matbuot xizmati