Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Samarqand shahri kuni ko’tarinki ruhda nishonlandi

  18-oktyabr – Qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahri kuni sifatida nishonlanadi. Sana munosabati bilan bugun erta tongdan Samarqand shahri boʻylab bayram shodiyonalari boshlandi.  Jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ham katta bayram tadbirida ishtirok etdi. 

  Bayramda universitet professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etdilar. Shuningdek, koʻtarinki bayram dasturiga SamDTU rektori Jasur Rizayev ham tashrif buyurdi hamda barchani ona Samarqandimiz bayrami bilan tabrikladi. 

  Yuqori kayfiyatda oʻtgan bayramda SamDTU jamoasi tomonidan koʻrgazmalar, turli qiziqarli sanʼat namunalari hamda xalqaro taʼlim fakultetining xorijlik talabalari ishtirokidagi milliy raqs chiqishlari  namoyish etildi.


SamDTU Matbuot xizmati