Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​“1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ga bayram aksiyasi

  Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat va jamiyatning burchidir.

  “1-iyunXalqaro bolalarni himoya qilish kunimunosabat bilan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti farmatsiya fakultetini koordinatori va bir guruh faol talabalari Samarqand shahriIstiqbolmahallasida yashovchi bolajonlar holidan xabar oldilar. Bolalar bilan suhbat qilib ularning orzu-umidlari va kelajakdagi rejalari bilan qiziqdilar hamda esdalik sovgʻa-salomlarini ulashdilar.

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti jamoasi bayram bilan barcha bolajonlarni tabriklaydi va doimo sihat-salomat boʻlishlarini tilab qoladi!



SamDTU matbuot xizmati