Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​SamDTU “Yuksalish sari tasodif boʻlmagan 100 ta uchrashuv” kitobini taqdimoti oʻtkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot universitetini yangi binosini faollar zalida respublikada taniqli aktyor, suxandon, koʻplab yoshlarning sevimli va qadrli motivatoriga aylangan Otabek Mahkamovni samarqandlik yoshlari bilan “Yuksalish sari tasodif boʻlmagan 100 ta uchrashuv” yangi kitobining taqdimoti maqsadida uchrashuvi oʻtkizildi. Uchrashuvda SamDTU talaba-yoshlari ham faol ishtirok etdilar.

  Taqdimotda Otabek Mahkamov talaba yoshlarga kitobni yozish jarayonida duch kelgan qiyinchiliklari, qanday qilib taniqli insonlardan intervyu olishga ilhom kelganliklari haqida soʻzlab berdi. Shuningdek, muvaffaqiyatga erishishning samarali yoʻllari va turli yoʻnalishlarda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

  Bir guruh faol ishtirokchilarga muallif tomonidan kitoblar taqdim qilindi.



SamDTU matbuot markazi