×
Menu
Close Menu

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

  Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar universitet Davolash fakulteti dekani  tomonidan tasdiklangan –Yo’l xaritasi asosida olib boriladi. O‘quv yili davomida har hafta kafedraning mas’ul assistenti Goyibov S.S. boshchiligida kafedra xodimlari va studentlar ishtirokida yo‘riqnoma asosida ma’naviyat soatlari uzluksiz olib boriladi va bayonnomalarda qayd etiladi.

  Studentlar bilan o‘quv tarbiyaviy ishlar.

  Samarqand Davlat Tibbiyot universiteti rektorining 2022 yil 03 oktabrdagi 517- A/F sonli buyrugi ijrosini taminlash maqsadida Anesteziologiya, reanimatsiya va shoshilinch tibbiyot kafedrasi assistentlariga Ustoz – shogird tizimi asosida Davolash fakultetining 601, 602, va 603 - guruh talabalari taqsimlangan.


  Universitetimizning ma’rifat va ma’naviyat bo‘limi rejasi asosida kafedramiz xodimlari talabalar uyida kechki navbatchilikda turib, talabalar orasida tartib intizom, odob ahloq, vrachlik kasbi to‘g‘risida suhbatlar o‘tkazdi. 

  Siyosiy va xuquqiy bilim va madaniyatini shakllantirish bo’yicha olib borilgan ishlar: Universitet ma’naviyat va ma’rifat bo’limi tomonidan taqdim kilingan «O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni », «Korrupsiyaga qarshi kurash» va boshqa ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, takdimotlar o’tkazildi, ularning mazmun mohiyati xaqida batafsil tushuncha berildi.

  Sog’lom turmush va jismoniy madaniyatni shakllantirish bo’yicha tashkilotlarda  olib borilgan ishlar: 

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sog‘liqni saqlash sohasi vakillari  bilan 2022 yil 18.03.2022 kuni o‘tqazgan “Ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha, shuningdek 2022 yil 1 apreldagi PQ-188-son qarorining ijrosini ta’minlash bo‘yicha Samarqand davlat Tibbiyot universiteti rektorining 2022 yil 18 apreldagi №207/AF-sonli buyrug‘ining 2- ilovada nazarda tutilgan vazifalar va chora-tadbirlarning bajarilishi yuzasidan  « Anesteziologiya, reanimatsiya va shoshilinch tibbiyot" kafedrasi xodimlari tomonidan Samarqand viloyatining Oqdaryo, Past Darg’om va Samarqand tumanlarida tibbiyot birlashmasiga otaliq yordamini ko‘rsatish bo‘yicha ishlab chiqilgan “YO‘L XARITASI” asosida amaliy ishlar olib borildi.  Dastlab Oqdaryo tumani aholisi salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzi yuritishni keng targ‘ib etish bo‘yicha ishlar olib borildi. Samarqand tuman xodimlari bilan keng qamrovli davra suhbatlari o‘tkazildi. Shundan so‘ng Samarqand tuman tibbiyot birlashmasining reanimatsiya bo’limida davolanayotgan bemorlarga borib ko’rilib konsultativ yordam ko’rsatildi va sog’lom turmush tarzi bo’yicha tavsiyalar berildi.