Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Ilmiy to'garak

  "Klinik laboratoriya diagnostikasi" kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari "Yosh laborantlar" deb nomlangan talabalar ilmiy to'garagi yig'ilishlarini tashkil etish, Samarqand Davlat tibbiyot universitetida bo'lib o'tgan xalqaro va respublika talabalarining ilmiy-amaliy konferensiyalari doirasida alohida yig’ilishlar o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining respublika tanlovlari uchun zamonaviy laboratoriya bilimlarning dolzarb muammolari, zamonaviy tibbiyotda klinik laboratoriyaning o`rni bo'yicha tadqiqot ishlarini tayyorlashadi.

  Tibbiy bilimlar va faoliyatning laboratoriya yo`nalishiga qiziqqan barcha talabalar, to'garak a'zolarining yutuqlarini rag'batlantirgan holda, hamkorlikka chaqiradilar.

  To'garak faoliyati uchun mas'ul rahbar o'qituvchi Nabiyeva Farangis Sadriddinovna.

  Talabalar ilmiy to`garagi sardori: Imomova Lola, tibbiy biologiya fakulteti 3-bosqich talabasi, 10 ta ilmiy maqolaning muallifi va hammuallifi. 5 ta diplom, 10 ta sertifikat, 4 ta faxriy yorliq.