×
Menu
Close Menu

Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari

  Kafedrada 2,5,6 kurs Qo’shma ta’lim fakulteti, 3 kurs OXI va Xalq tabobati fakulteti, 5-6 kurs pediatriya fakulteti, 5-6 kurs davolash fakulteti, 6 – kurs tibbiy pedagogika, Xalqaro ta’lim fakulteti talabalari «Anesteziologiya reanimatsiya», «Anesteziologiya reanimatsiya. Bolalar anesteziologiya va reanimatsiyasi», «Tez tibbiy yordam. Favqulotda holatlar», «Tez tibbiy yordam» fani dasturi asosida taxsil olishadi.

  Kafedrada 5 ta magistratura va 10 ta klinik ordinatura yo’nalishi bo’yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yo’lga qo’yilgan.

  O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:

– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat standarti;
– O’quv dasturi;
– O’quv ishchi dastur;

  Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:

– O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
– tasdiqlangan tashxis standartlari;
– xalqaro tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).

  O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:

  Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv dasturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha bo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.

  Kafedra kutubxonasi:

  • Кutubxonada ingliz, o’zbek va rustillaridagi 60 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
  • Elektron kutubxona darsliklar, ma’jmualar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.

  Talabalar uchun mavzuga oid bemorlarni reanimatsion va intensiv terapiya xonalarida va operatsion xonalarida ko’rish tashkil etilgan