Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Xalqaro hamkorlik

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti internatsionalistik vazifalari universitet rivojlanish Konsepsiyasiga asoslanib, xalqaro miqyosida oʼz oʼrnini mustahkamlashga yo’naltirgan. Ayni paytda universitetimiz dunyodagi yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalari, tadqiqot markazlari va xalqaro tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.

  Har yili hamkorlik muloqotlarni oʼrnatish, oʼqish, mahoratni oshirish, ilmiy anjumanlarda qatnashish maqsadida Samarqand davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyuradigan chet eldagi yuqori malakali mutaxasiss, professor, talaba va tadqiqotchilar soni oshib bormoqda.

  Tillar kafedrasi har yili reja asosida Amerika Qo’shma Shtatlari, Hindiston, Rossiya, Qozog’iston, Slovakiya davlatlarining bir qancha nufuzli Oliygohlari professor-o’qituvchilari bilan Xalqaro davra suhbatlari, seminar va vebinarlar o’tkazib kelmoqda.

  Hamkorlik jug’rofiyasi: Tillar kafedrasining yaqin va uzoq chet el davlatlardagi oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan aloqa va hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Slovakiyaning Koshitsedagi Pavel Yozef Shafareik universiteti bilan Xalqaro hamkorlik faoliyati yo’lga qo’yilgan.

AQSH Florida Xalqaro Universiteti professori  Ralph Schusler “Teaching Modern English by  Skillful Experts” mavzusidagi o’tkazilgan seminar.

Tillar kafedrasi va Innovativ O’quv markazi bilan o’zaro hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan


Chuvash davlat universiteti (Чувашский государственный университет имени И.Н.) Xorijiy tillar kafedrasi dotsenti Nikitina Alena Yuriyevna «English for specific purposes» mavzusida seminar o’tkazdi.


Privolj tibbiyot universiteti dotsenti  Ryabkova Yelena Anatolevna XIV farmakopeya bo'yicha farmasevtik terminologiyadagi o'zgarishlar («Изменения в фармацевтической терминологии согласно XIV фармакопее») mavzusida Onlayn Vebinar mashg’uloti o’tkazdi.

I.I. Mechnikov nomidagi Shimoli-g'arbiy davlat tibbiyot universiteti (Северо-Западного государственного Медицинского Университета имени И.И. Мечникова) kafedra mudiri Korolyeva Natalya Gennadevna Tibbiyotda Ingliz tilini o’rganishning Xalqaro miqyosidagi ahamiyati (МАСТЕР-КЛАССА НА ТЕМУ «ИНТЕРНАЦИОНАЛИЗАЦИЯ МЕДИЦИНСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ В РАМКАХ ИЗУЧЕНИЯ ИНОСТРАННОГО (АНГЛИЙСКОГО) ЯЗЫКА) mavzusida Master-Klass o’tkazdi.


Dehli universiteti professori Ravender Gargesh “Learning English medical terms and their importance in medicine” mavzusida Tillar kafedrasi bilan hamkorlikda Master-Klass o’tkazdi.