Samarqand Davlat tibbiyot universiteti internatsionalistik vazifalari universitet rivojlanish Kontsepsiyasiga asoslanib, halqaro taʼlim kenglikda oʼz oʼrnini mustahkamlashga yo`naltirgan. Internatsionalizatsiyaning asosiy ustunliklari chet eldan kelgan oʼquvchilarning sonini koʼpaytirish, chet davlatdagi oliy oʼquv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan qoʼshma loyihalarni rivojlantirish, chet eldagi oʼquv yurtlarida dars beruvchi tadqiqotchilar va oʼqituvchilar sonini oshirish, ikkita diplom berish imkonini yaratadigan chet eldagi oliy oʼquv yurtlari bilan qoʼshma dasturlarni sonini oshirishdadir. Shu munosabat bilan 2024-yil 4-aprelda “Инновационные технологии в здравоохранении: новые возможности для внутренней медицины” mavzusidagi IV Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo`lib o`tdi
Har yili hamkorlik muloqotlarni oʼrnatish, oʼqish, mahoratni oshirish, ilmiy anjumanlarda qatnashish maqsadida SamDTU-ga tashrif buyuradigan chet eldagi yuqori malakali mutaxasiss, professor, talaba va tadqiqotchilar soni oshib bormoqda.
SamDTU butun dunyo taʼlim va fan markazlari, universitetlari, jamoat tashkilotlari bilan aloqa tuzishga tayyor va universitet eshiklari hamma chet eldagi abiturient, talaba, izlanuvchi va oʼqituvchilari uchun ochiq.
Hamkorlik jugrofiyasi: Kafedraning yaqin va uzoq chet el davlatlardagi 10 ta dan ortiq oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan aloqa va hamkorlik muloqatlari mavjud:
- Qozog`iston Milliy tibbiyot universiteti
- Qirg`iz Respublikasi davlat tibbiyot akademiyasi
- I.I. Djanelidze nomidagi Sankt –Peterburg tez tibbiy yordam ilmiy amaliy tibbiyot institute, Rossiya.
- Boshqir davlat tibbiyot universiteti, Rossiya
- Ijevsk davlat tibbiyot Universiteti, Rossiya Federatsiyasi