Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Fakultet tarixi

  Farmatsiya yo’nalishi 2018 yilda Pediatriya fakulteti tarkibida tashkil etilgan. Keyinchalik Samarqand Davlat tibbiyot universiteti rektori J.A.Rizayening 2020 yil 3-iyuldagi 543/АФ-sonli buyrug’iga ko’ra Farmatsiya fakulteti tashkil etildi va fakultet dekani etib meditsina fanlari doktori, professor, N.M.Shavazi tayinlandi. Fakultet tarkibida 5 ta kafedra (farmakologiya, klinik farmakologiya, farmakognoziya va farmatsevtik texnalogiya, biologik kimyo va tibbiy kimyo) faoliyat ko’rsatmoqda.

  Fakultetda faoliyat yuritayotgan 68 nafar professor-o'qituvchilardan 17 nafari (23,4%) ilmiy darajaga ega, shu jumladan fan doktorlari 2 nafar (3,0%), fan nomzodlari 10 nafar (15%).

  2021 yil sentyabr holatiga ko'ra fakultetda 586 talaba tahsil oladi, shundan 469 nafari shartnoma asosida. O'qitish tili: o'zbek, rus va ingliz tillarida, 5510500 - "Farmatsiya" yo'nalishi bo'yicha farmatsevtikaning malaka talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

  O'quv jarayonini tashkil etishda o'quv va mehnat intizomiga qat'iy rioya qilish, o'qitish amaliyotiga ilg'or pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, fakultet kafedralarida o'qitish sifati va samaradorligini oshirishga alohida e’tibor beriladi.

  Dekan o'rinbosarlari G’.G’.Ganiyev va B.A.Djurayevlar ushbu mashaqqatli, kundalik ishlarni amalga oshirishda har bir talabaning hayotini o'rganishga, zarur yordam ko'rsatishga, talabalarning ota-onalari bilan uchrashishga harakat qilmoqda.

  Dekanatning ishini ratsionalizatsiya qilish, har bir yo'nalishi bo'yicha dekan o'rinbosarlari lavozimlarini joriy etish, har bir semestr uchun fakultet talabalarining darsga qatnashishi kamida 99,5 - 99,7%, fanlar bo'yicha yuqori sifatli o'zlashtirish ko'rsatkichi 75 - 80% ni tashkil etadi va takomillashtirish davom etmoqda.

  Iqtidorli talabalar bilan ishlashga katta e'tibor qaratilmoqda, 2021 yilda 75 nafardan ortiq talabalar iqtidorli talabalar safiga qabul qilindi, ular talabalar ilmiy to'garak ishlarida faol ishtirok etib, respublika olimpiadalarida, institut va respublika ilmiy konferentsiyalarida ishtirok etib kelmoqda va diplomlar bilan taqdirlanmoqdalar