×
Menu
Close Menu

Biotexnologiya, injinering va farmatsiya fakulteti

Biotexnologiya, injinering va farmatsiya fakultetida uchta yo’nalish mavjud:

  1. Farmatsiya
  2. Sanoat farmatsiyasi
  3. Biotibbiyot muhandisligi
  • Ta’lim turi: Bakalavriat
  • Mutaxassisligi: 60910800-Farmatsiya (turlari bo’yicha)
  • Malaka: Tibbiyot fanlari doktori (Farmatsiya)
  • O'qish muddati: 5 yil
  • Ta'lim shakli: kunduzgi
  • Ta’lim tili: O’zbek tili, Rus tili

  • Ta’lim turi: Bakalavriat
  • Mutaxassisligi: 60910900-Sanoat farmatsiyasi
  • O'qish muddati: 4 yil
  • Ta'lim shakli: kunduzgi
  • Ta’lim tili: O’zbek tili, Rus tili

  • Ta’lim turi: Bakalavriat
  • Mutaxassislik – 60711100 - Biotibbiyot muhandisligi
  • Malaka: - Biotibbiyot muhandisi
  • O’qish muddati: 4 yil
  • Ta’lim shakli: kunduzgi
  • Ta’lim tili: O’zbek tili, Rus tili
  • Farmatsiya (turlar bo'yicha) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlovchi oliy ta'limning o‘quv reja va fan dasturi asosida amalga oshiriladi, uning nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini to‘liq o‘zlashtirgan, yakuniy davlat attestasiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan shaxsga «bakalavr» malakasi (darajasi) hamda oliy ma'lumot to‘g‘risidagi davlat namunasidagi rasmiy hujjat(lar) beriladi. O‘zlashtirish me'yoriy muddati - 5 yil. 
  • Farmatsiya (yunoncha: pharmakeia — dori; dori ishlatish) — dori vositalari va tibbiy buyumlar yaratish boʻyicha izlanishlar, tadqiqotlar, shuningdek, ularni ishlab chiqarish, tayyorlash, sifatini nazorat qilish, standartlash usullari, davlat roʻyxatidan oʻtkazish, saqlash, ular haqida axborot berish, dorixona va davolash muassasalariga yetkazib berish va sotish kabi vazifalarni oʻz ichiga oladigan ilmiy-amaliy faoliyatlar majmui.
  • Mazkur yo'nalish farmatsevtika sanoati, asosan farmatsevtika, kimyo-farmatsevtika va biofarmatsevtika ishlab chiqarishlari uchun malakali kadrlar tayyorlashni nazarda tutadi.
  • O'quv jarayonida talabalar farmatsevtika, kimyo-farmatsevtika, biotexnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish bo'yicha nazariy va amaliy bilimlarni o'zlashtiradi.
  • Dastur farmatsevtika moddalari va tayyor dori shakllarini ishlab chiqarish bo'yicha ilmiy-texnik hujjatlar va texnologik reglamentlarni ishlab chiqish ko'nikmalarini egallashni;
  • Farmatsevtika va kimyo-farmatsevtika jarayonlari va ishlab chiqarishni qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq milliy va xalqaro hujjatlarga muvofiq amalga oshirishni;
  • Xom ashyo, oraliq mahsulotlar va tayyor mahsulotlar sifatini nazorat qilishni tashkil etish va o'tkazishni o'z ichiga oladi
  • Ta'lim muassasasining tayanch bo'limlari hisobidan talabalar hamkor tashkilotlarning ishlab chiqarish obyektlarida amaliy mashg'ulotlar va amaliyot o'tash imkoniyatiga ega.
  • tashkiliy-boshqaruv;
  • ishlab chiqarish – texnologik faoliyati;
  • tashkiliy-boshqaruv texnologik faoliyati.