Nevrologiya kafedrasi Samarqand davlat tibbiyot universiteti bilan tengdosh bo‘lib, 1933-yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan va universitet taraqqiyotining barcha tarixiy davrlarini bosib o‘tgan kafedralardan biri hisoblanadi.
1933 va 1940 yillarda SamMI davolash fakulteti tarkibida kafedraning dastlabki pedagogik faoliyati va ilmiy tadqiqot ishlari institutning umumiy rejasi asosida faoliyat yurita boshladi. Kafedraning asosiy bazasi bo‘lib, SamMI klinikasining nevrologiya bo‘limi hisoblangan. Kafedra o’zining rivojlanish bosqichida yilllar davomida turli xil professor o’qituvchilar, dotsentlar hamda katta o’qituvchilar tomonidan boshqirilib kelingan.
Nevrologiya kafedrasining birinchi kafedra mudiri professor Churaev I.Ya., bo‘lib, ilgari dotsent Qozon vrachlar malakasini oshirish instituti dotsenti bo‘lib, kafedrani 25.12.1933 yildan 12.03.1942 yilgacha boshqarib kelgan.
Churaev I.Ya.
1942 yil aprelidan 1943 yil noyabrgacha kafedrani o‘rindosh sifatida S.M. Kirov –nomidagi Xarbiy meditsina akademiyasi professori Karchikyan S.I. boshqargan.
Karchikyan S.I.
1943 noyabrdan 1944 oktyabrgacha SSSR SSV tayinloviga asosan kafedrani tibbiyot fanlari doktori Sokolyanskiy G.G. boshqargan.
1944 yil oktyabrdan 1945 yil noyabrgacha vaqtinchalik Gabrielyan M.I. boshqargan.
1945 yil noyabrdan 1954 sentyabrgacha SSSR SSV tayinloviga ko‘ra, Bextereva – Kunakov K.A. nomli miyani o‘rganish instituti dotsenti Kunakov K.A. kafedra mudiri etib tayinlangan.
Kunakov K.A.
1954 yil oktyardan 1976 sentyabrgacha kafedra mudirligini professor Gabrielyan M.I. boshqargan.
Gabrielyan M.I.
1976 yildan 1995 yillargacha – professor Samibaev M.X.
Samibaev M.X.
1995 sentyabrdan 1997 iyun oyigacha professor Aslanov A.M.,
Aslanov A.M
1997 yil sentyabrdan 1999 yil sentyabrgacha kafedra mudirligi majburiyatlarini dotsent Allaz ogli N.A. bajarib kelgan.
N.A. Allaz ogli
1999 yil sentyabrdan 2004 yil sentyabrgacha kafedra mudirligini professor Mamadaliev A.M. boshqargan.
Mamadaliev A.M.
2004 yil sentyabrdan xozirgi kungacha kafedraga professor A.T. Djurabekova rahbarlik qilib kelmoqdalar.
Djurabekova A.T.
2004 yil sentyabrdan hozirgi kungacha kafedraga Professor A.T. Djurabekova rahbarlik qilib kelmoqdalar. Ushbu insonning bevosita qo’l ostida 16 ta tibbiyot fanlar nomzodi hamda 5 ta tibbiyot fanlari doktori yetishib chiqdi. 900 dan ortiq ilmiy maqolalari respublika hamda xalqaro jurnallarda chop etilgan. O’z navbatida 7 ta monografiya, 40 dan ortiq o’quv-uslubiy-tavsiyanoma, 6 ta qo’llanma hamda 25 dan ortiq o’quv-uslubiy qo’llanmalar, 20 ta EHM dasturlar, 2ta patent muallifi hisoblanadi. Buxoro Davlat Tibbiyot insitituti qoshidagi ilmiy daraja beruvchi № dsc.04.30.04.2022.tib.93.02 kengash a’zosi. Buxoro Davlat Tibbiyot insititutida muvofiqlashtirilgan imtioh oluvchi komissiya tarkibi a’zosi. Samarkand Davlat Tibbiyot Universiteti qoshidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash va himoya kengashi №DSc.04.05.05.2023.Tib.102.03 a’zosi. «Nevrologiya va Neyroxirurgiya» jurnali (O’zbekiston) va «Haydarpasa numune medical» jurnal (Turkiya), Komorbid nevrologiya(Rossiya) larining nashriyot a’zosi.
Djurabekova A. T ga 2019- yilda SamDTU ning «Eng yaxshi ilmiy rahbari» hamda «Eng yaxshi shifokori», 2020-yilda esa yilning « Eng yaxshi professori » darajalari topshirilgan.
Kafedraning asosiy vazifalari:
- nevrologik tekshirish, asab tizimining shikastlanish belgilarini aniqlash, nevrologik sindromlarni aniqlash va dolzarb tashhisni asoslash ko'nikmalarini o'rgatish;
- talaba tomonidan nevrologik kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi, klinikasi, diagnostikasi, davolash va profilaktikasi haqida zamonaviy bilimlarni olish;
- talabaning klinik nevrologik tafakkurini shakllantirish, shoshilinch nevrologik holatlarni tekshirish va davolashning zarur kompleksini mustaqil ravishda tashhislash, o'tkazish va tayinlash va asab tizimi kasalliklarining oldini olish.
Nevrologiya kafedrasining o'quv rejalari
Kafedra “Umumiy tibbiyot”, “Pediatriya”, “Stomatologiya”, “Tibbiy profilaktika” fakulteti, “Tibbiy biologiya” fakulteti, “Tibbiy biologiya” fakulteti dasturlari boʻyicha 3-4-5-kurs talabalarini hamda chet ellik talabalarni tayyorlaydi. .
Nevrologiyada siklni o'tkazishning asosiy vazifalari talabalarni fanning eng dolzarb masalalari bilan tanishtirish, nevrologik tashxisni (topik va klinik) quyish tamoyillarini o'zlashtirishdan iborat. Serebrovaskulyar kasalliklar, bosh miya va orqa miya o'smalari, periferik asab tizimining kasalliklari va shikastlanishlari, neyroxirurgik aralashuvga ko'rsatmalar kabi kasalliklarni tashhislash va davolashga alohida e'tibor qaratish lozim. Bemorlar guruhini tahlil qilishda erta tashhis qo'yish muhimligini, bemorlarni o'z vaqtida kasalxonaga yotqizish zarurligini ta'kidlash kerak. Asab tizimining kasalliklarini o'rganishda, ayniqsa, miya koma, o'tkir insult, epileptik holat, Giyena-Barre sindromi, miyastenik kriz va boshqalar kabi shoshilinch holatlar uchun differentsial diagnostika va davolash sxemalarini bilish juda muhimdir.
Ulashish