Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Kafedra tarixi

  Fakultet terapiya kafedrasi 1932-1933-o’quv yillari tashkil etilgan. Kafedra Samarqand shaxar 1-klinika shifoxonasi bazasida joylashgan. Birinchi kafedra mudiri A.M. Krasnopolskiy bo’lib, u gastroenterologiya muammolari bilan shug’ullangan.

  1935-1942 yillarda dotsent P.I. Denisova kafedra mudiri bo’lgan. Uning raxbarligi ostida A.J.Jalalov nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqqiyatli ximoya qilgan.

  1942-1949 yillarda kafedra mudiri professor T.S. Mnasakanov bo’lgan, xamda professor T.S.Mnasakanov shu yillarda institutda dekan va prorektor lavozimlarida ish olib borgan.

  A.K Odilov rektor bo’lishi bilan bir vaqtda 1954-1957-yilgacha kafedrani boshqargan.

  1957 -1986 yillar Fakultet terapiya kafedrasini mudiri bo’lib O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi t.f.d.professor Mirzayan N.A boshqargan. Uning qo’l ostida  2 ta doktorlik va 27 nomzodlik dissertatsiyasi ximoya qilingan.

  1986 – 1996 yillar  Respublikada  xizmat ko’rsatgan shifokor professor N.M Kamalov Samarqand tibbiyot institutida  rektor hamda kafedra mudiri lavozimini faoliyat olib borgan. Kamalov N.M  raxbarlgida 7 ta nomzodlik dissertatsiyasi ximoya qilingan. O’zbekistonda birinchi marta «Ichki kasalliklar» darsligi nashr etildi.

  1996-1997 o’quv yillarida kafedrani prof. F.S. Tadjiev boshqargan. 1997 – 1999 yillar prof. Xaydarova G.X kafedra mudiri lavozimida salomoqli faoliyat yuritgan.

  1999-2002 yillar ichki kasalliklar kafedrasi №1 tashkil qilingan, uning tarkibiga Fakultet terapiyasi kursi kirgan, kafedrani dos. U.B. Samiev  boshqargan.

  2002- yil. Fakultet terapiya kafedrasi mudiri t.f.n Sattarov R.R., boshqaruvi ostida kafedra yana aloxida bo’ladi va shaxar markaziy shifoxonasi bazasiga joylashgan.     

  2005 – yildan  boshlab kafedra «Fakultet terapiya va gematologiya» nomini olgan.

  2012-yildan hozirgi kungacha kafedrani tibbiyot fanlari doktori, professor Shodiqulova Gulandom Zikriyayevna boshqarib kelmoqda.

  Shodiqulova Gulandom Zikriyayevna 1976 yil 6 yanvarda Samarqand tumanida tug‘ilgan. Tibbiyot sohasidagi kasbiy faoliyatini 1993-yilda Samarqand davlat tibbiyot institutining davolash fakultetiga o‘qishga kirib boshlagan va 2000-yilda muvaffaqiyatli tamomlagan. Ilmiy qadamlarning keyingi bosqichi 2002-yildan 2004-yilgacha Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasida klinik ordinatura bo‘ldi. Shu kafedraning aspiranturasida chuqurlashtirilgan ilmiy tayyorgarlikni davom ettirib, Gulandom Zikriyoyevna 2008-yilda nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

  2008-2012-yillarda Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasida assistent, 2012-yildan SamDTI 3-son Ichki kasalliklar kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan. Uning rahbarligida kafedra jadal rivojlanishda davom etmoqda. Gulandom Zikriyayevnaning ilmiy va kasbiy o‘sishi muhim bosqichlar bilan ajralib turadi: 2015-yilda unga dotsent unvoni berildi, 2017-yilda doktorlik dissertatsiyasini muvoffaqiyatli himoya qildi va 2022-yilda kafedra professori ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi.

  2013-yilda kafedra "3-sonli ichki kasalliklar va endokrinologiya" nomini oldi, 2021-yilda "3-sonli ichki kasalliklar" deb o‘zgartirildi.

  2020-yil kafedra mudiri ilmiy raxbarligida doktorant Babamuradova Z.B., PhD dissertatsiyasini himoya qildi. Mavzu: “Значение фенотипических, генетических маркеров на развитие, течение и раннюю диагностику недифференцированной дисплазии соединительной ткани”. 2021-yil kafedra assistenti Pulatov U.S., PhD dissertatsiyasini himoya qildi. Mavzu: “Revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda anemiyani kechishi va davolash samaradorligiga gaptoglobin fenotiplarining ta’siri” va Absalamova N.F. Mavzi: “Tizimli qizil yugirik bilan bemorlarda parodontning yalligʼlanish kasalligini davo-tashxisot yondashuvini optimallashtirish”. 2022 – yil kafedra assistenlari Mirzayev O.V., PhD dissertatsiyasini himoya qildi. Mavzu: “Biriktiruvchi to‘qima differensiallashmagan displaziyasining Samarqand va Jizzax viloyati misolida tarqalishi va kechishining o‘ziga xosligi” va kafedra assisteni Ergasheva M.M., PhD dissertatsiyasini himoya qildi. Mavzu: “Revmatoid artrit bilan kasallangan ayollarda ikkilamchi osteoartrozning klinik kechishi, diagnostikasi va davolashning o‘ziga xos xususiyatlari”.