×
Menu
Close Menu

Kafedra tarixi

  Fakultet terapiya kafedrasi 1932-1933-o’quv yillari tashkil etilgan. Kafedra Samarqand shaxar 1-klinika shifoxonasi bazasida joylashgan. Birinchi kafedra mudiri A.M. Krasnopolskiy bo’lib, u gastroenterologiya muammolari bilan shug’ullangan.

  1935-1942 yillarda dotsent P.I. Denisova kafedra mudiri bo’lgan. Uning raxbarligi ostida A.J.Jalalov nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqqiyatli ximoya qilgan.

  1942-1949 yillarda kafedra mudiri professor T.S. Mnasakanov bo’lgan, xamda professor T.S.Mnasakanov shu yillarda institutda dekan va prorektor lavozimlarida ish olib borgan.

  A.K Odilov rektor bo’lishi bilan bir vaqtda 1954-1957-yilgacha kafedrani boshqargan.

  1957 -1986 yillar Fakultet terapiya kafedrasini mudiri bo’lib O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi t.f.d.professor Mirzayan N.A boshqargan. Uning qo’l ostida  2 ta doktorlik va 27 nomzodlik dissertatsiyasi ximoya qilingan.

  1986 – 1996 yillar  Respublikada  xizmat ko’rsatgan shifokor professor N.M Kamalov Samarqand tibbiyot institutida  rektor hamda kafedra mudiri lavozimini faoliyat olib borgan. Kamalov N.M  raxbarlgida 7 ta nomzodlik dissertatsiyasi ximoya qilingan. O’zbekistonda birinchi marta «Ichki kasalliklar» darsligi nashr etildi.

  1996-1997 o’quv yillarida kafedrani prof. F.S. Tadjiev boshqargan. 1997 – 1999 yillar prof. Xaydarova G.X kafedra mudiri lavozimida salomoqli faoliyat yuritgan.

  1999-2002 yillar ichki kasalliklar kafedrasi №1 tashkil qilingan, uning tarkibiga Fakultet terapiyasi kursi kirgan, kafedrani dos. U.B. Samiev  boshqargan.

  2002- yil. Fakultet terapiya kafedrasi mudiri t.f.n Sattarov R.R., boshqaruvi ostida kafedra yana aloxida bo’ladi va shaxar markaziy shifoxonasi bazasiga joylashgan.     

  2005 – yildan  boshlab kafedra «Fakultet terapiya va gematologiya» nomini olgan.

  2012-yildan hozirgi kungacha kafedrani tibbiyot fanlari doktori, professor Shodiqulova Gulandom Zikriyayevna boshqarib kelmoqda.

  Shodiqulova Gulandom Zikriyayevna 1976 yil 6 yanvarda Samarqand tumanida tug‘ilgan. Tibbiyot sohasidagi kasbiy faoliyatini 1993-yilda Samarqand davlat tibbiyot institutining davolash fakultetiga o‘qishga kirib boshlagan va 2000-yilda muvaffaqiyatli tamomlagan. Ilmiy qadamlarning keyingi bosqichi 2002-yildan 2004-yilgacha Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasida klinik ordinatura bo‘ldi. Shu kafedraning aspiranturasida chuqurlashtirilgan ilmiy tayyorgarlikni davom ettirib, Gulandom Zikriyoyevna 2008-yilda nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

  2008-2012-yillarda Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasida assistent, 2012-yildan SamDTI 3-son Ichki kasalliklar kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan. Uning rahbarligida kafedra jadal rivojlanishda davom etmoqda. Gulandom Zikriyayevnaning ilmiy va kasbiy o‘sishi muhim bosqichlar bilan ajralib turadi: 2015-yilda unga dotsent unvoni berildi, 2017-yilda doktorlik dissertatsiyasini muvoffaqiyatli himoya qildi va 2022-yilda kafedra professori ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi.

  2013-yilda kafedra "3-sonli ichki kasalliklar va endokrinologiya" nomini oldi, 2021-yilda "3-sonli ichki kasalliklar" deb o‘zgartirildi.

  Professor Shodiqulova G.Z. rahbarlik qilgan davr yangi olimlar jamoasi shakllanishi bilan ajralib turdi. 2020-2021-yillarda uning rahbarligida kafedra assistentlari Z.B.Babamuradova va U.S.Pulatovlar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

  Ushbu muvaffaqiyatli an’ana 2022-2024-yillarda davom ettirilib, assistentlar Mirzayev O.V., Ergashova M.M., Samatov D.K., Tairova Z.K. va Shonazarova N.X. (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalarini himoya qildilar.

  2025-yilda kafedra ilmiy maktabi yana bir bor o‘z samaradorligini namoyon etdi: doktorantlar O.G. Xasanov va J.I. G‘ulomov o‘z tadqiqotlarini muvaffaqiyatli yakunlab, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalarini o‘z vaqtida himoya qildilar. Bu esa kafedra shonli an’analarining munosib davomi bo‘ldi.