Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi

Samatov Sanjar Alikulovich

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo`limi boshlig`i

Qabul vaqti:

Dushanba - juma

Tel:

(99) 733 87 60

E-mail:

zoxidova.olima@gmail.com

Manzil:

Samarqand sh.,Amir Temur k.,18 uy

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi

  Ilmiy - innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʼlimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 7 may 2018 yildagi 3698-sonli “Iqtisodiyot sohalariga innovatsiyalar mexanizmlarini joriy etishni takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora - tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 iyuldagi «Oliy taʼlim muassasalarida ilmiy - innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish toʼgʼrisida» 594-sonli buyrugʼi ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand Davlat tibbiyot universitetining 2018 yil 9 iyuldagi buyrug’iga asosan tashkil qilingan. Boʼlimning faoliyati O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasining boshqa davlat boshqaruv organlari buyruqlari va meʼyoriy hujjatlari bilan intellektual sohani muhofaza qilish hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro bitimlari bilan, universitet rektorining buyruq va farmoyishlari bilan oʼz Nizomi va boshqa meʼyoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.

Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limining maqsad va vazifalari:

  • Tijoratlashtirish boʼlimi universitet huquqiga tegishli boʼlgan ilmiy-innovatsion ishlanmalarni hamda ilmiy-tadqiqot faoliyat natijalarini (keyingi oʼrinlarda - ITF) tijoratlashtirishni taʼminlash maqsadida tashkil etiladi.
  • bozorni tizimli tahlil qilish va innovatsion mahsulotga bo‘lgan ehtiyojni (ish, xizmatlar) o‘rganish, innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan rentabellikni baholash;
  • tijoratlashtirishga va amaliyotga tadbiq etishga tayyor loyihalarni saralash;
  • innovatsion loyihalarni amalga oshirishga investorlar, hamkorlar va boshqa manfaatdor shaxslarni jalb etish;
  • yangi texnologiyalarni joriy etish va innovatsion mahsulot ishlab chiqarish maqsadida sanoat korxonalari bilan hamkorlik qilish.
  • ilmiy-innovatsion ishlanmalarni hamda ITF natijalarini tijoratlashtirish maqsadida tinglovchilar uchun mavzuli malaka oshirish kurslarini tashkil etish;