Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Ilmiy to'garak

  "Umumiy gigiena va ekologiya" kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari «Yosh Gigiyenistlar» deb nomlangan talabalar ilmiy to'garagi yig'ilishlarini tashkil etish, Samarqand Davlat tibbiyot universitetida bo'lib o'tgan xalqaro va respublika talabalarining ilmiy-amaliy konferentsiyalari doirasida alohida sho’ba yig’ilishlarini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining respublika tanlovlari uchun ijtimoiy-gumanitar bilimlarning dolzarb muammolari, zamonaviy tibbiyotning falsafiy, uslubiy va bioetik muammolari bo'yicha tadqiqot ishlarini tayyorlashadi.

  "Yosh gigienistlar" talabalar ilmiy to‘garagining (TIT) asosiy maqsadi talabalarda ilmiy-tadqiqot ishlariga qiziqish uyg‘otish va gigiyena hamda tibbiy ekologiya sohasida mustaqil fikrlaydigan mutaxassislarni tayyorlashdir. Tibbiy bilimlar va faoliyatning gigienik muammolariga, bo'limga qiziqqan barcha talabalar, to'garak a'zolarining yutuqlarini rag'batlantirgan holda, hamkorlikka chaqiradilar.

  To'garak faoliyati uchun mas'ul rahbar o'qituvchi Sirojeva Nafisa Anvarovna, bugungi kunda u assistent, shuningdek 15 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi.

  Umumiy gigiyena va ekologiya kafedrasida 2025–2026 o‘quv yilining sentabr oyida tashkil etilgan “Yosh gigiyenistlar” ilmiy to‘garagiga o‘quv yili boshida 24 nafar iqtidorli talaba a’zo qilib qabul qilindi. O‘quv yili davomida to‘garak a’zolari soni ortib bordi va hozirgi kunda 45 nafar talaba ilmiy to‘garak faoliyatida muntazam ishtirok etib kelmoqda.

  To‘garak a’zolarining barchasi kafedra professor-o‘qituvchilariga biriktirilgan bo‘lib, ustoz-shogird an’analariga muvofiq ravishda ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy tadqiqot metodologiyasini o‘rganish hamda talabalar bilan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda faol qatnashib kelmoqdalar.