Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Ilmiy to'garak

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ichki kasalliklar va kardiologiya №2 kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Tashkenbayeva Eleonora Negmatovna rahbarligida kafedrada “Yosh kardiolog va terapevtlar” nomli ilmiy to‘garak muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. To‘garak faoliyati talabalarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirish, klinik fikrlashini shakllantirish hamda ichki kasalliklar va kardiologiya yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.

  To‘garak faoliyatining asosiy maqsadi talabalarning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish, ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalarini rivojlantirish, ilmiy faoliyatga qiziqishini kuchaytirish hamda ta’lim jarayoniga dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillarini keng joriy etishdan iborat.

  Ilmiy to‘garak yig‘ilishlari haftasiga ikki marotaba talabalar uchun qulay vaqtda o‘tkaziladi. To‘garak faoliyatida muntazam ravishda 20–30 nafar talaba ishtirok etadi. To‘garakning o‘ziga xos jihatlaridan biri uning xalqaro formatda faoliyat yuritishidir. Yig‘ilishlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida mahalliy hamda xorijiy talabalar ishtirokida tashkil etilib, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ilmiy tajriba almashishga xizmat qiladi.

  2025–2026 o‘quv yili davomida ichki kasalliklar va kardiologiyaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan yigirmadan ortiq ilmiy to‘garak yig‘ilishlari tashkil etildi. Ushbu yig‘ilishlarda tibbiyot fanining zamonaviy yutuqlari muhokama qilindi, talabalar ilmiy ma’ruzalari tinglandi, murakkab klinik holatlar tahlil qilindi hamda ilmiy munozaralar o‘tkazildi.

  To‘garak faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri integratsiya va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hisoblanadi. O‘quv yili davomida Samarqand davlat tibbiyot universitetining boshqa kafedralari bilan integratsiyalashgan ilmiy yig‘ilishlar, shuningdek Rossiya Federatsiyasining Saratov, Ijevsk va Kaliningrad shaharlaridagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy tadbirlar tashkil etildi. Bunday hamkorlik talabalarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, tajriba almashish hamda akademik aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

  Ilmiy to‘garak a’zolari har yili universitet, respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiyalar, fan olimpiadalari va turli tanlovlarda faol ishtirok etib, ilmiy maqolalar hamda tezislar chop ettirmoqdalar. To‘garakning muhim yutuqlaridan biri faol ishtirokchi Chaudhari Akshitning Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektor stipendiyasiga sazovor bo‘lganidir. Mahalliy talabalar orasida ilmiy to‘garak sardori Aliyeva Fikriya Bayramovna, xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul esa Anbreen Fatima bo‘lib, ular ilmiy to‘garak yig‘ilishlarini tashkil etish, talabalarni konferensiyalar, olimpiadalar va boshqa ilmiy tadbirlarga tayyorlashda faol ishtirok etadilar.

  Ilmiy to‘garak rahbari Pulatova Kristina Samvelovna, Ichki kasalliklar va kardiologiya №2 kafedrasi assistenti, 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifidir. Uning rahbarligida talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb etish, ilmiy maqolalar tayyorlash, konferensiyalar va olimpiadalarda ishtirok etish hamda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

  “Yosh kardiolog va terapevtlar” ilmiy to‘garagi xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish hamda talabalarning ilmiy va kasbiy salohiyatini rivojlantirish yo‘lida o‘z faoliyatini izchil davom ettirmoqda.