Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari xirurgiyaning dolzarb muammolari sanalgan jigar exinokokkozini xirurgik davolash, qalqonsimon bezning xirurgik kasalliklari, qandli diabetning yiringli asoratlarini xirurgik davolash muammolari va kuyish jaroxatni davolash muammolari bo‘yicha olib borilmoqda.
Kafedraning barcha xodimlari kafedra va universitet ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqdalar. Hozirgi kunda 3 nafar xodim mustaqil izlanuvchilar (Obidov Sh.X., Musayev S.T., Mansurova A.X) va 1 nafar xodim (Xamrokulov Sh.F) bir vaqtning o'zida asosiy doktoranturada o'qiydi.
So'nggi 3 yil ichida kafedrada 1 ta doktorlik, 9ta falsafa doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi. kafedra xodimlari tomonidan 300 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan, shu jumladan, 1ta darslik, 5 ta o'quv qo'llanma, 8 ta monografiya, 2ta ixtiro uchun patent, 14 ta elektron dastur guvohnomasi, Skopus platformasida 7ta maqola, shuningdek yetakchi respublika va xalqaro jurnallarda 100 dan ortiq maqolalar chop qilindi.
Kafedra hodimlari tomonidan chop etilgan darslik, o‘quv qo‘llanma va monografiyalar
№ | Mualliflar | Chop etilgan o‘quv adabiyotlarining nomi |
1 | A.D.Fayazov, S.E.Mamarajabov, A.I.Axmedov, A.S.Toirov | Kuyish kasalligi |
2 | A.S.Babajanov, A.S.Toirov, A.I.Axmedov | Xirurgik kasalliklar |
3 | A.S.Babajanov, A.S.Toirov, A.I.Axmedov S.B.Maxmudov | Koloproktologiya |
4 | Normuradova G.O., Ruziboyev O.A., Axmedov A.I. | Xirurgiya va reanimatsiyada xamshiralik ishi.I-qism |
5 | Xujamurodov G‘.J., Normuradova G.O., Axmedov A.I. | Xirurgiya va reanimatsiyada xamshiralik ishi.2-qism |
6 | A.S.Toirov, B.Z.Xamdamov,A.S.Babajanov, A.I.Axmedov | Jigar exinokokkozini davolash va profilaktikasi |
7 | A.S.Babajanov, A.S.Toirov, A.I.Axmedov, G‘.K.Axmedov | Gospital xirurgiya |
8 | A.S.Babajanov, A.S.Toirov, A.I.Axmedov, J.K.To‘xtayev | Xirurgiyada amaliy ko‘nikmalar |
9 | A.S.Babajanov, A.S.Toirov, A.I.Axmedov, J.Q.To‘xtayev | Mexanik sariqlikni xirurgik davolash |
10 | A.D Fayazov, A.S.Babajanov, A.S.Toirov, A.I.Axmedov | Og‘ir kuyish jarohatlaridagi gastroduodenal asoratlarni davolash va profilaktika qilish |