SamDTU pediatriya fakultetining xirurgik kasalliklar kafedrasi Samarqand shaxar №1-son klinik shifoxonasi bazasida 1980-yili tashkil etilgan.
Karabaev Xudoyberdi Karabaevich
Pedyatriya fakultetining xirurgik kasalliklar kafedrasi 1980-yil Samarqand davlat tibbiyot instituti, Samarqand shahar 1-son klinik shifoxonasi bazasida tashkil qilingan. Tibbiyot fanlari doktori, professor Karabayev Xudoyberi Karabayevich ushbu kafedrani 1980-1997 yillarda boshqargan.
Bu davrda kafedra 200 dan ortiq ilmiy ishlar va 2 ta kondidatlik va 1 ta doktorlik disertatsiyalari himoya qilingan.
Salamov Abduraxim Salamovich
1997-yildan 2006-yilgacha «Pedyatriya fakultetining xirurgik kasalliklar» kafedrasida professor Salamov Abduraxim Salomovich mudirlik qildi. Bu davrda xodimlar tomonidan 2 ta monografiya, 246 ta ilmiy pedagogic maqolalar, 14 ta o`quv-metodik qo`llanmalar chiqarildi. Ushbu yillar davomida kafedra xodimlari «Meda va o`n ikki barmoqli ichak yara kasalligi, qon ketish asoratini» chuqur va mukammal o’rganishdi.
Abdullaev Sayfullo Abdullaevich
2006-yildan 2014-yilgacha kafedra mudirligi lavozimini professor Abdullayev Sayfulla Abdullayevich bajargan. 1992-yil “Ko`krak va qorinning yopiq qo`shma jarohatlari diagnostikasi va davolash” bo`yicha doktorlik disertatsiyasini himoya qilgan. Bu davrda 250 dan ortiq ilmiy ishlar, 16 ta o`quv-metodik qo`llanmalar, 8 ta rasionanalizatorlik taklifi, 1 ta to`plam va 1 ta monografiya muallifi bo`lgan.
Babajanov Axmadjon Sultanbaevich
2014-yildan 2024-yilgacha kafedra mudirligi lavozimini tibbiyot fanlari doktori Babajanov Axmadjon Sultanbayevich bajargan. 2007-yil «Совершенствование технологии экстракорпоральной детоксикации на этапах хирургического лечения больных с механической желтухой» mavzusida kandidatlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 150 dan ortiq ilmiy ishlar, 24 ta o`quv-metodik qo`llanmalar, 19 ta raionanalizatilik taklifi muallifi.
Mamarajabov Sobirjon Ergashevich
2024-yildan xozirgi kungacha kafedra mudirligi lavozimini tibbiyot fanlari doktori Mamarajabov Sobirjon Ergashevich bajarib kelmoqda. 2022-yil aprel oyida «O‘zbekistonda odam exinokokkozini erta tashxis qo‘yish yo‘llarini yaxshilash va xirurgik yordamni tashkil etish» mavzusida kandidatlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 150 dan ortiq ilmiy ishlar, 4 ta o`quv-metodik qo`llanmalar, 3 ta ratsionalizatorlik taklifi muallifi bo`lgan.
Xozirgi vaqtda kafedrada 3ta PhD dotsent, 1ta PhD doktorant va 6 ta assistent ishlamoqda. Kafedrada pediatriya fakultetining IV,VI kurs talabalariga “Xirurgik kasalliklar”, fanidan taxsil oladi va xirurgik yo’nalish bo’yicha magistratura va klinik ordinatura rezidentlari taxsil olmoqda. Talabalarga dars olib borish jarayonida yangi interaktiv texnologiyalardan foydalanilmoqda vabu usul yaxshi natijalarni bermoqda. Kafedrada elektron o’kuv adabiyotlar mavjud. Ulardan talabalar va magistratura rezidentlariga amaliy mashg’ulotlar o’tishda va ma'ruzalar o’qishda foydalanilmoqda. Bundan tashqari, videoyozmalar va videoroliklar mavjud bo’lib, ular kafedra xodimlar tomonidan tayyorlangan.
Xozirgi vaqtda kafedraning ilmiy yo’nalishi «Termik kuygan yaralarni maxalliy vaxirurgik davolash», «Oyoq venalari varikoz kengyishida endovazal lazerli koagulyasiyaning ahamiyati», «Diabetik panja sindromini kopmleks davolash», “Gastroezofageal reflyuks kasalligi asoratlarini diagnostika va xirurgik davolash xususiyatlari” kabi muammolardir.
Kafedra xodimlar tomonidan o’tgan yillar davomida 21 ta monografiya, 4 ta darslik, 13 ta o’qkuv qo’llanma, 1600 dan ortiq maqolalar, 130 dan ortiq o’quv-uslubiy tavsiyanomalar, 12 ta patent, 140 dan ziyod ratsionalizatorlik takliflar tayyorlangan va chop etilgan. Kafedra tashkil qilingandan beri 4 ta doktorlik va 16 ta nomzodlik dissertatsiyalari tayyorlangan va himoya qilingan.
Kafedra xodimlari Respublika va davlatlararo xirurglar konferensiyalari, kongresslari va s'ezdlarida qatnashib ma'ruzalar qilganlar.
Kafedra qoshida 1980–yildan boshlab talabalar ilmiy tugaragi muntazam ravishda faoliyat ko’rsatib kelmokda. Bu tugarakka shu yillar davomida 290 dan ziyod talabalar qatnashgan va ular tomonidan 160 ga yakin maqola va tezislar chop etilgan.