Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Fakultet o'quv-uslubiy ishlari

  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Samarqand davlat tibbiyot universiteti vrachlar malakasini oshirish fakulteti 1984 yil 6 iyulda SSV 864-sonli buyrug‘i bilan tashkil etilgan. Malaka oshirish fakulteti 2021 yil 30 aprel (№18, seriya №7000019) attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tgan, bu yerda asosan Sog‘liqni saqlash xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi faoliyati tibbiyot sohasi yordam ko‘rsatish muassasalari shifokorlari, mutaxassislarini oilaviy shifokor qayta tayyorlash (216, 504, 720, 792, 864, 1296 soat) va malaka oshirish kurslarini (36, 72 va 144 soat) tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Samarqand davlat tibbiyot universiteti vrachlar malakasini oshirish fakulteti tibbiyot sohasi yordam ko‘rsatish muassasalari shifokorlari, mutaxassislari uchun qayta tayyorlash kurslari tashkil etilgan.

  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Samarqand davlat tibbiyot universiteti vrachlar malakasini oshirish fakulteti 612 ta modul, 142 ta o‘quv dasturi, 2343 ta ma’ruza matnlari, 234 ta o‘quv qo‘llanmalar, 233 ta uslubiy qo‘llanmalar, 277 ta uslubiy ko‘rsatmalar, 5346 ta tarqatma materiallari, 412 ta elektron o‘quv majmualar bor test savollari 27470 ta ekanligi aniqlandi.

  Shuningdek yakuniy nazorat (attestatsiya) natijalari bo‘yicha baholash me’yorlari tasdiqlangan. Malaka oshirish kurslari uchun ishlab chiqilgan o‘quv materiallari o‘zbek va rus tillarida.

  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Samarqand davlat tibbiyot universiteti vrachlar malakasini oshirish fakultetida jami 7 ta yo‘nalish bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etilgan. Quyidagi yo‘nalish bo‘yicha tanlanma asosida o‘rganish o‘tkazildi:

  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Samarqand davlat tibbiyot universiteti vrachlar malakasini oshirish fakultetidagi Oilaviy shifokorlik, Pediatriya kafedrasidagi qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishlarining kursi o‘quv dasturi, dars jadvali va o‘quv jurnallari bilan solishtirilganda quyidagi kamchiliklar aniqlandi:

-guruh jurnallari oilaviy shifokorlik mutaxassisligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2020 yil 15 iyuldagi 16-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar bo‘yicha ayrim kamchiliklar bor;

-jurnal yuritish qoidalari dars jadvalida berilgan mavzular nomi raqamlarda berilgan lekin sanalar ketma-ketligi ta’minlangan;

-o‘quv dasturlari uchun berilgan ichki va tashqi retsenziyalar bor;

-o‘quv jurnallaridagi tinglovchilarni baholash hamda jurnallarning umumiy raqamlanishi belgilangan me’yorlariga javob bermaydi, shuningdek muhrlanmagan.

  Shuningdek tinglovchilarni ayrim yo‘nalishlarining kurs ishlarida foydalanilgan adabiyotlar ketma-ketligini tartibida xato va kamchiliklar mavjud. Kurs ishlariga ichki taqrizlar olinmagan. Testlar bazasi yaratilgan. Bitiruv ishini baholash mezonlarida ayrim kamchiliklar aniqlandi.

  Fakultetning tasdiqlangan shtat birligida jami (umumiy kontingent) 105 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib boradilar. Ularning 71 nafari asosiy shtatda, 34 nafari o‘rindosh asosida ishlaydi. Pedagog kadrlarning tayanch ma’lumotlari dars bergan faniga mos keladi.

  Fakultet professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyat 53,52% ni tashkil etadi. Asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilar 71 nafar professor-o‘qituvchilardan 38 nafari ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lib, 5 nafar fan doktori (2 professor, 2 dotsent); 33 nafar fan nomzodi (14 dotsent); 10 nafar katta o‘qituvchi, 23 nafar assistent. Fakultetdagi asosiy shtatdagi o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati 53,52%.

  2021-2022 yillarda fakultet professor-o‘qituvchilaridan 11 nafari tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa (PhD), 2 nafar xodim tibbiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan.