Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Fakultet o'quv-uslubiy ishlari

  Bugungi kunda fakultet 6 ta kafedrani o‘z ichiga oladi:

  1. Ortopedik stomatologiya kafedrasi (kaf.mudiri A. B. Norbo‘taev);
  2. Terapevtik stomatologiya kafedrasi (kaf.mudiri T. E. Zoyirov)
  3. Bolalar stomatologiyasi kafedrasi (kaf.mudiri R. A. Raximberdiev);
  4. Yuz-jag jarroxligi kafedrasi (kaf.mudiri U. B. G‘afforov).
  5. Otorinoloringologiya kafedrasi (kaf. mudiri N. J. Xushvaqtova)
  6. Og’iz bo’shlig’i jarroxligi va dental implantologiya kafedrasi (kaf. mudiri A. I. Xazratov)

  Fakultet studentlari kafedralarda, institutning klinik bazalarida, Samarqand shaxar va viloyat stomatologiya poliklinikalarida, bolalar poliklinikasida, shaxar tibbiy birlashmasining yuz-jag‘ xirurgiyasi bo‘limida taxsil olishadi. Kafedralarda studentlarga ixtisoslashtirilgan fanlarni o‘zlashtirish uchun o‘quv jarayonida zamonaviy jixozlar va uskunalardan foydalaniladi. Bu esa o‘quv materiallarini yanada chuqur o‘zlashtirishga imkon beradi. Kafedralarda namunaviy va ishchi dasturlar, o‘quv rejalar asosida o‘quv jarayonini olib borish uchun zarur bo‘lgan o‘quv xonalari, o‘quv-ilmiy laboratoriyalar, ko‘rgazma zallari va auditoriyalar, klinik bazalarda talabalarning malakaviy amaliyoti uchun barcha shart sharoitlar mavjud.

  Studentlarga universitetning elektron ta’lim tizimining metodik materiallaridan internet orqali foydalanish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Jumladan mt.sammu.uz saytida talabalar uchun o’quv jarayoniga tegishli barcha ma’lumotlar, test sinovlari, ma’ruza va elektron kitoblar mavjud.