Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
    Close Menu

    Fakultet tarixi

      Fakultet 2009 yildan beri faoliyat olib bormoqda.

      Fakultet ochilgan davrda stomatologiya kursi mudiri tibbiyot fanlari doktori Kubaev Saidolim Esirgapovich dekan lavozimiga tayinlangan edi.

      2012-2020 yillar davomida tibbiyot fanlar nomzodi Zayniyev Suxrob Sobirovich dekan lavozimida ish yuritgan.

      2020 yildan boshlab fakultet dekani etib tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Axmedov Alisher Astanovich tayinlandi.

      Stomatologiya fakulteti dekanatini kafedralarda ta’lim olishning yuksak darajada bo’lishga, talabalarning o’qish sifatini takomillaytirishga va zamonaviy ta’lim berishga katta etibor qaratib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “Ijtimoiy soxani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari” “Ta’lim va fan soxasini rivojlantirish” Farmoniga asoslanib uzluksiz taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli taʼlim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish;

      Taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital taʼmirlash, ularni zamonaviy oʼquv va laboratoriya asboblari, kompyuter texnikasi va oʼquv-metodik qoʼllanmalar bilan jihozlash orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni koʼrish;

      Maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʼini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini taʼminlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish;

      Umumiy oʼrta taʼlim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori boʼlgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda oʼrganish;

      Bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shugʼullanishga, ularni musiqa hamda sanʼat dunyosiga jalb qilish maqsadida yangi bolalar sporti obʼektlarini, bolalar musiqa va sanʼat maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruktsiya qilish;

      Kasb-hunar kollejlari oʼquvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar boʼyicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish;

      Taʼlim va oʼqitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy taʼlim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy taʼlim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich koʼpaytirish;

      Ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini ragʼbatlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy oʼquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish bo’yicha ish yuritib kelmoqda.

      Fakultetda 1001 talaba tahsil olib kelmoqda.

      Fakultet bitiruvchilari «Stomatolog-shifokor» malakasini oladilar. Kelgusida magistratura vа klinik ordinaturalarda «Terapevtik stomatologiya», «Jarroxlik stomatologiya», «Ortopedik stomatologiya», «Bolalar stomatologiyasi», «Yuz-jag jarroxligi», «Ortodontiya» kabi chuqur tayyorgarlikni takozo etadigan fanlar bo‘yicha o‘qish imkoniyatlari mavjud.


    Turli yillarda fakultet dekanlar



    Lutfullayev G’ayrat Umirllayevich

    2009 yil

    Kubaev Saidolim Esirgapovich

    2009-2012 yillar

    Zayniyev Suxrob Sobirovich

    2012-2020 yillar

    Axmedov Alisher Astanovich

    2020-h.v