Axmedov Yusuf Maxmudovich
2-son Bolalar xirurgiyasi kafedrasi mudiri, professor
Qabul vaqti: | Dushanba – Shanba |
Tel: | +998 97 923 33 00 |
E-mail: | yusufa@rambler.ru |
Manzil: |
Samarqand shahri, G’. Jamshid ko’chasi 21-A uy. |
KAFEDRA A'ZOLARI
F.I.SH |
Lavozimi |
Axmedov Yusuf Maxmudovich |
T.f.d., professor, kafedra mudiri |
Axmedjanov Ismoil Axmedjanovich |
T.f.d., professor |
Azizov Mamatqul Qurbonovich |
T.f.d., professor |
Mavlyanov SHavkat Xujamkulovich |
T.f.n. dotsent |
Mavlyanov Farxod SHavkatovich |
T.f.d. dotsent |
Ulugmuratov Azim Abruevich |
T.f.n. assistent |
Kurbonov Djafar Djurakulovich |
T.f.n. assistent |
Xayitov Ulugbek Xujakulovich |
Assistent |
KAFEDRA TARIXI
Bolalar xirurgiyasi kursi 1966 yilda SamMI fakul'tet xirurgiyasi kafedrasi qoshida rektor M.N.Xaitov, prorektor professor O'.K.Vaxobova, pediatriya fakul'teti dekani professor N.M.Kamolov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi, professor F.M.Golub va professsor M.A.Axmedovlar tashabbusi bilan tashkil etildi. SamMI 1-chi klinika shifoxona bazasida 30 o'rinli bolalar xirurgiya bo'limi ochildi. Kurs boshlig'i qilib dots. M.A.Axmedov saylandi va assistentlikka M.G.Asadulina, I.P. Proxorova va U.U.Umarovlar qabul qilindi.
Professor M.A.Axmedov (1926-2010 y.)
1970 yilga kelib kurs kafedraga aylantirildi va kafedraning mudiri lavozimiga prof. M.A.Axmedov saylandi. Professor M.A.Axmedov O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan fan arbobi, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sog'liqni saqlash xodimi, Rossiya bolalar xirurglari assotsiatsiyasi faxriy a`zosi, 400 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 6 ilmiy ishlar to'plami, 18 o'quv va o'quv -uslubiy qo'llanmalar, 12 o'quv-uslubiy maqola, 10 ixtiro, 14 takomillashtirilgan takliflar, 19 publitsistik ishlar muallifi.
Professor M.A.Axmedovning 30 yillik kafedraga rahbarlik davrida maqsadli aspirantura va doktorantura orqali 10 ta doktorlik, 19 ta nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishdi. SHulardan professor M.A.Axmedovning bevosita rahbarligi ostida 6 doktorlik va 10 nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan.
1973 yildan kafedrada bolalar xirurgi mutaxassisiligi buyicha klinik ordinaturaga qabul qilish boshlandи.
Professor M.A.Axmedov va kafedra xodimlarining harakatlari bilan Respublikada birinchilardan bo'lib bolalar xirurgik kasalliklarini diagnostikasi va davolashda lazer nurlaridan foydalanish yo'lga qo'yildi, shu sohada kafedrada xodimlari tomonidan 1 ta doktorlik va 2 ta nomzodlik dissertatsiyasi yoqlanди.
Kafedrada "Talabalar ilmiy to'garagi" faoliyati yaxshi yo'lga quyilgan. Kafedra xodimlari va talabalar muntazam ravishda butunittifoq ilmiy anjumanlarida qatnashib kelganlar va 4 ta oltin, 4 ta kumush, 4 ta bronza va I -II-III darajali diplomlar, faxriy yorliqlar olishga muyassar bo'lganlar.
Professor I.A. Axmedjanov
Professor M.A.Axmedov kafedrani tashkil qilish, bolalar xirurgiyasiga moslashtirilgan o'quv dasturlarni tuzish va tadbiq etish, ijodiy pedagogik jamoani shakllantirish va jamoada iliq atmosfera muhitini tarbiyalashdagi yutuqlari hamda sharqona an`analarni mujassamlashtirishdagi xizmatlari bilan kafedra xodimlari, talabalar o'rtasida va institut xodimlari hamda rahbariyati o'rtasida obro' qozondi.
1990 yil kafedra viloyat ko'p tarmoqli bolalar shifoxonasiga (hozirgi kunda Viloyat bolalar ko`ptarmoqli tibbyot markazi) ko'chirildi va hozirgacha samarali faoliyaт ko'rsatib kelmoqda.
Hozirgi kunda o'qitish jarayonlarida modul- kredit tizimi masafaviy o'qitish tizimi, yangi pedagogik texnologiyalardan, jumladan interaktiv o'yinlar, elektron darsliklardan keng foydalanilmoqda.
Kafedrani 1995-2013 yillar mobaynida professor I.A. Axmedjanov boshqarib keldi. Professor I.A. Axmedjanov kafedraning o’quv va ilmiy ishlari rivojiga munosib hissa qo’shdi. Professor I.A. Axmedjanov 250 ortiq ilmiy ishlar muallifi, jumladan tibbiyot institutlari talabalari uchun "Bolalar urologiyasi" darsligi, 22 o’quv va o’quv uslubiy qo’llanmalar, 1 mualliflik guvohnomasi, 4 patent va 17 ratsionalizatolik takliflari.
Kafedra 2005-2013 yillarda Fakul'tet bolalar xirurgiyasi va nurli diagnostikasi kafedrasi nomi bilan yuritilib kelingan. 2013 yilda gospital bolalar xirurgiyasi va fakul'tet bolalar xirurgiyasi kafedrasi qo'shilib bolalar xirurgiyasi kafedrasi nomi bilan faoliyat ko'rsatdi. 2020 yil sentyabr oyidan boshlab kafedra 2-son Bolalar xirurgiyasi kafedrasi deb nomlandi. Каfеdra mudirligiga prоf. Ju.М. Axmedov sаylandi.
Kafedra Samarqand viloyat bolalar ko'p-tarmoqli tibbiy markazining va RSHTYoIM SF bolalar xirurgiyasi bulimining davolash ishlariga amaliy va nazariy yordam berib kelmoqda, bundan tashqari kafedra xodimlari viloyatimiz tumanilariga otaliq va sanaviatsiya xizmatlariga munosib ishtirok etib kelmoqdalar.
Kafedra Moskva, Sankt-Peterburg, Donetsk, Alma-ata, Toshkent, Andijon tibbiyot oliygohlari bilan samarali ilmiy aloqada. Kafedra tashkil qilindan buyon 12 kishi doktorlik va 26 kishi nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishgan. SHulardan maqsadli doktorantura va aspirantura orqali 10 nomzodlik va 4 doktorlik dissertatsiyalari himoya qilingan.
Hozirgi kunda kafedrada faoliyat ko'rsatayotgan xodimlar: prof. Yu.M. Axmedov, prof. I.A. Axmedjanov, prof. M.Q. Azizov, dotsent SH.X. Mavlyanov, dotsent F.SH. Mavlyanov, assistant U.X. Hayitov.
2021 yil 26 may kuni Samarqand viloyat bolalar ko`ptarmoqli tibbiyot markazi asosiy korpus xolida professor M.A. Axmedovning barelefining ochilish marosimi
bo`lib o`tdi, bu marosimda hurmatli rektormiz professor J.A.Rizaev ishtirok etdi va nutq so`zladi. 2021 yil SamDTI Ilmiy Kengashi qarori bilan 2-son bolalar xirurgiyasi kafedrasiga professor Maxmud Axmedovich Axmedov nomi berildi.
2021 yil 28 may kuni hurmatli rektorimiz professor J.A.Rizaev tashabbusi bilan kafedra asoschisi, Zarafshon vohasida bolalar xirurgiyasi maktabini yaratgan olim, professor Maxmud Axmedovich Axmedovning tavalludiga bag’ishlangan "Bolalar xirurgiyasi, travmatologiyasi, pediatriya va anesteziologiya-reanimatologiyaning dolzarb muammolari" xalqaro ilmiy amaliy konferentsiya bo`lib o`tdi.
MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR
Kafedrada ma`naviyat ishlari kafedraning ma`naviyat ishlari buyicha tasdiqlangnan rejasi asosida ish olib borashadi. Kafedrada haftaning har payshanba kuni "Ma`naviyat va ma`rifat soatlari" o`tkaziladi. Kafedrada professor-o`qituvchilari har o`quv yilida pediatriya fakul'tetining studentlariga murabbiylik ishlarini olib borishadi. Ular o`zlariga berkitilgan guruh studentlari bilan shaharning diqqatga sazovar joylarini va me`moriy obidalariga sayohat uyushtiradilar, studentlarining bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazishda o`z hissalarini qo`shib kelishadi. Bundan tashqari, kafedra xodimlari Samarqand shahrida o`zlariga berkitilgan mahallalarida tibbiyotning dolzarb muammolariga bag’ishlagan ma`ruzalarni o`qishadi
O’QUV-USLUBIY ISHLARI
Kafedrada pediatriya, davolash va kasbiy ta`lim fakul'tetlarining 1 kurs va pediatriya fakul'tetining 4 kurs studentlari va 1 -2 kurs magistr hamda klinik ordinatorlari taxsil olishadi. 1 kurs talabalariga 36 soat amaliy mashqulotga, 22 soat talabalar mustaqil ishiga ajratilgan, 4 kurs talabalariga 170 soat shulardan 88 soat amaliy mashqulotlarga, 18 soat ma'ruzaga, 64 soat talabalar mustaqil ishiga ajratilgan.
TMI uchun dars davomida har bir talaba quyidagilarni bajarishi shart:
1 kurs : navbatchilik -2 ta, referat -2 ta
4 kurs : navbatchilik -2 ta, referat 2 ta, mikrokuratsiya - 3 ta,
makrokuratsiya - 1 ta
Kafedrada 1000 dan оrtiq ilmiy ishlar nаshr qilingan, shulardan 1 ta tibbiyot oliygohlari talabalari uchun darslik, 600 dan ortiq ilmiy maqolalar, 7 ta to'plam, 64 uslubiy qo'llanma, 17 ta o'quv qo'llanma, 138 ta takomillashgan takliflar, 28 ta ilmiy ixtirolar yaratilgan.
№ |
Nomi |
Hammualliflar |
Chop qilingan joyi va chop qilingan yil |
|
Darslik |
||||
1 |
Bolalar urologiyasi |
I.A.AxmedjanovB.U.SobirovYU.M.Axmedov M.A.Norbekov A.A.Uluqmuratov |
Abu Ali ibn Sino nashriyoti 2003 yil 174 bet |
|
2 |
Bolalar urologiyasi (qayta to’ldirilgan nashri) |
I.A.Axmedjanov YU.M.Axmedov M.A.Norbekov A.A.Uluqmuratov |
Zarafshon nashriyoti 2012 yil 186 bet |
|
Monografiya |
||||
1 |
Kompleksnie soedineniya metallov s nekotorimi organicheskimi osnovaniyami |
M.D.Davranov K.Sulaymonkulov X.X.Turaev O.F.Xodjaev Yu.M.Axmedov |
Izdatel'stvo "FAN" akademii nauk Respubliki Uzbekistan Tashkent 2000 g. 178 s. 16,0 p.l. |
|
2 |
Bolalar nefrourologiyasi |
J.Е.Еshkobilov Yu.M.Axmedov |
Tibkitob"nashrieti, Toshkent, 2008 yil, 23,4 bosma tabok |
|
3 |
Еxinokokkoz organov bryushnoy polosti i redkix lokalizatsiy |
F.G.Nazirov i dr. |
Izdatel'stvo "Meditsina",M.2004 54,6 p.l. |
|
4 |
O`g’il bolalar va o`spirinlarda reproduktiv soha a`zolarining kasalliklari. |
Yu.M. Axmedov, S.P. Yatsik, U.X. Xayitov, F.SH. Mavlyanov. |
"Tibbiyot ko’zgusi" nashrieti, Samarqand 2020 |
|
5 |
Bolalar nefrourologiyasi |
Yu.M.Axmedov J.Е.Еshkobilov |
"Tibbiyot ko’zgusi" nashrieti, Samarqand 2020 |
|
O`quv, o`quv-uslubiy qo`llanmalar |
||||
2 |
Uretrogidronefroz u detey |
YU.M. Axmedov I.A.Axmedjanov A.S. Salomov M.A. Norbekov S.I. Zokirov S.M. Sharkov |
Samarqand 1995 yil 30 bet |
|
3 |
Bolalarda urologik kasalliklari diagnostikasida siydik sindiromining roli. |
YU.M. Axmedov I.A.Axmedjanov A.S. Salomov M.A. Norbekov |
Samarkand 1995 yil 36 bet |
|
4 |
Urologik kasalliklarda bakteriotoksik shok muammolari |
YU.M.Axmedov I.A.Axmedjanov A.S. Salomov |
Samarkand 1995 yil 32 bet |
|
5 |
Gidronefroz u detey. |
YU.M.Axmedov A.S.Salomov S.M.Shorkov I.L.Xolmuxammedov M.K Azimov S.I. Zokirov |
Samarkand 1995 yil 28 bet |
|
6 |
Puzirno - mochetochnikoviy refluks u detey. |
YU. M. Axmedov A.S.Salomov I.L. Xolmuxammedov M.A. Norbekov S.M .Sharkov S.N. Zorkin |
Samarkand 1995 yil 32 bet |
|
7 |
Bolalarda tugma va orttirilgan oshkazon- ichak tutilishlari |
YU.M.Axmedov A.A Ulugmuratov |
Samarkand 1997 yil 80 bet |
|
8 |
Yugon ichakning kup uchraydi-gan nuksonli rivojlanishlari va kasalliklari. |
YU.M.Axmedov A.A Ulugmuratov |
Samarkand 1996 76 bet |
|
9 |
Bolalarda oshkazon ichaklardan kon ketishi bilan kechadigan nuksonli rivojlanishlari va kasalliklari |
I.A.Axmedjanov taxriri ostida |
Samarkand 1997 yil 96 bet |
|
10 |
Testi i situatsionniy zadachi po deteskoy xirurgii |
I.A.Axmedjanov taxriri ostida |
Samarkand 1998 yil 224 bet |
|
11 |
Bolalarda urologik kasalliklarning simetikasi va diagnostikasi. |
YU. M Axmedov A.A Ulugmuratov |
Samarkand 1995 yil 52 bet |
|
12 |
Bolalar xirurgiyasidan test va vaziyatli masalalar to`plami |
I.A.Axmedjanov taxriri ostida |
Abu Ali ibn Sino nashriyoti 2003 yil 284 bet |
|
13 |
Bolalarda qorin bo`shliqi a'zolarining o`tkir yalliqlanish kasalliklari |
M.A.Axmedov S.M.Pashaliyev B.D.Davulov |
Abu Ali ibn Sino nashriyoti 2003 yil 116 bet |
|
14 |
Bollarda yumshoq to`qimalarning yiringli-yalliqlanish kasalliklari |
M.A.Norbekov YU.M.Axmedov |
Abu Ali ibn Sino nashriyoti 2003 yil 60 bet |
|
15 |
Bolalar xirurgiyasida limfatrop antibiotikoterapiya |
M.A.Norbekov M.A. Axmedov |
Abu Ali ibn Sino nashriyoti 2003 yil 48 bet |
|
16 |
Bolalarda osteomiyelit |
M.A.Norbekov |
Abu Ali ibn Sino nashriyoti 2003 yil 63 bet |
|
17 |
Umumiy xirurgiya fanidan test savollari va vaziyat masalalari |
B.U.Sobirov X.I.Soatov |
Abu Ali ibn Sino nashriyoti 2004 yil 360 bet |
|
18 |
SPID ( rus tilida) |
M.A.Axtamov YU.M.Axmedov |
Samarkand 2004 y 24 bet |
|
19 |
OITS ( uzbek tilida) |
M.A.Axtamov YU.M.Axmedov |
Samarkand 2004 y 24 bet |
|
20 |
Bolalar xirurgiyasida parvarish va umumiy xirugiya fanlaridan testlar (lotin alifbosida) |
I.A.Axmedjanov taxriri ostida |
Samarqand 2008 yil 142 bet |
|
21 |
Dizurik sindrom |
B.I. Zakirova D.A. Safaeva SH.M. Uralov U.X. Xayitov va boshqalar |
Samarkand 2010 30 bet |
|
22 |
Bolalar xirurgiyasida limfatrop antibiotikoterapiya |
M.A.Norbekov U.X.Хаyitov |
O`quv uslubiy qo`llanma Samarkand 2013 |
|
23 |
Xirurgiyada bemorlarning tibbiy reabilitatsiyasi |
Z.F.Mavlyanova U.X. Xayitov va boshqalar |
O`quv uslubiy qo`llanma Toshkent 2015 y. |
|
24 |
Meditsinskaya reabilitatsiya xirurgicheskix bol'nix |
Z.F.Mavlyanova U.X. Xayitov va boshqalar |
Uchebno-metodicheskaya posob'ya. Tashkent 2015 g. |
|
25 |
Sostoyanie pochechnoy parenximi pri vrojdennix obstruktivnix uropatiyax u deteй |
Mavlyanov F.SH., Axmedov Yu.M. Yatsik S.P. |
Uchebno-metodicheskaya posob'ya. Tashkent 2016 g. |
|
26 |
Diagnostika vrojdennix obstruktivnix uropatiy u detey. |
Mavlyanov F.SH., Axmedov Yu.M. Yatsik S.P. |
Uchebno-metodicheskaya posob'ya. Tashkent 2016 g. |
|
27 |
Pediatriya fakulteti 5-6 kurs talabalari uchun bemorlarni bolalar jaroxligida tekshirish va unga kasalik tarixi yozish |
Axmedjanov. I.A., Axmedov Yu.M. |
SamMI Ilmiy Kengash 2017 yil, 10 iyun, №9 bayonmasi |
|
28 |
Pediatriya fakul'teti 5-6 kurs talabalar uchun bemorlarni bolalar jarroxligida tekshirish va unga kasallik tarixi ezish |
Axmedjanov I.A., Axmedov Yu.M. |
SamMI Ilmiy Kengash 2017 yil, 10 iyun, №9 bayonmasi |
|
29 |
Bolalar xirurgiyasida kup uchraydigan kasaliklar tasnifi va simptomlari |
Axmedjanov I.A., Yu.M. Axmedov, Norbekov M.A., Mavlyanov F.SH. |
SamMI Ilmiy Kengash 2017 yil, 10 iyun, №9 bayonomasi |
|
30 |
Bolalar xirurgiyasida kop uchraydigan kasalliklar tasnifi, sindrom va simptomlari |
Axmedjanov I.A., Axmedov Yu.M., Norbekov.M.A. |
SamMI Ilmiy Kengash 2017 yil, 10 iyun, №9 bayonmasi |
|
31 |
Qon ketish va qon yo`qotish. Qon to`xtatish usullari |
U.X. Xayitov, F.SH. Mavlyanov |
O`z RSSV Fan va ta`lim Bosh boshqarmasi Samarqand 2019 |
|
32 |
Bolalar shoshilinch xirurgiyasi kasalliklari tasnifi, sindrom va simptomlari |
U.X. Xayitov, F.SH.Mavlyanov |
O`z RSSV Fan va ta`lim Bosh boshqarmasi Samarkand 2019 |
|
33 |
O`smirlarda reproduktiv soha kasalliklarining klinik aspektlari. |
Yu.M. Axmedov, F.SH. Mavlyanov, I.Yu. Axmedov. |
SamMI Ilmiy Kengash 2020 yil, 20 may, №7 bayonomasi |
|
34 |
"O`smirlar reproduktiv tizimining funktsional holati va uni tekshirish usullari" |
Yu.M. Axmedov, F.SH. Mavlyanov, I.Yu. Axmedov. |
SamMI Ilmiy Kengash 2020 yil, 20 may, №7 bayonomasi |
|
35 |
Bolalarda urogenital patologiyalarni davolashdagi ruhiy-ijtimoiy aspektlar |
Yu.M. Axmedov, F.SH. Mavlyanov, I.Yu. Axmedov. |
SamMI Ilmiy Kengash 2020 yil, 20 may, №7 bayonomasi |
|
36 |
Tibbiyot kasbiga kirish. Xirurgik bemor bolalar parvarishi. |
SH.X. Mavlyanov, F.SH.Mavlyanov, U.X. Xayitov |
SamMI Ilmiy Kengash №1 26.08.2020й |
|
37 |
Xirurgik bemorlar parvarishi buyicha аmаliy ko’nikmаlаr |
SH.X. Mavlyanov, F.SH.Mavlyanov, Yu.M. Axmedov, U.X. Xayitov |
SamMI Ilmiy Kengash №1 26.08.2020й |
ILMIY TADQIQOT ISHLARI
Kafedra ilmiy- tadqiqot yunalishi: siydik ajratish, nafas a`zolari va me`da-ichak tizimi a`zolarining nuqsonli rivojlanishlari va kasalliklarining zamonaviy diagnostika va davolash usullari, bolalar kam invaziv xirurgiyasi, qorin bo'shlig'i yiringli kasalliklari, exinokokk kasalligi va h.k.
Ulashish