Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Samarqand davlat tibbiyot universitetida navbatdagi Ilmiy kengash yig‘ilishi o‘tkazildi

Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Ilmiy kengash yig‘ilishini Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uchrashuvdagi nutqida ilgari surilgan ustuvor vazifalar sharhi bilan boshladi.

Davlatimiz rahbari nutqida tibbiyot sohasida amalga oshirilgan islohotlar hamda kelgusidagi rejalar aniq belgilab berilgani ta’kidlandi. Xususan, tibbiy ta’limning amaliyot bilan uzviyligini kuchaytirish, 2027-yildan talabalarni haftada uch kun bemorlar bilan ishlashga o‘rgatish, bitiruvchilarning oxirgi o‘quv yilini to‘liq tibbiyot muassasalarida amaliyotda o‘tkazishi hamda tor soha mutaxassisliklari bo‘yicha rezidenturada bepul ta’limni yo‘lga qo‘yish masalalariga e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish davomida bir qator professor-o‘qituvchilarga fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini tasdiqlovchi diplomlar tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, universitetda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilandi. Muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab berildi.


SamDTU Matbuot xizmati