“Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi oyligi doirasida Samarqand davlat tibbiyot universitetida Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumida aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va yong‘inlarni oldini olish bilan bog‘liq muammolar yuzasidan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda kuz-qish mavsumida isitish va elektr jihozlaridan oqilona foydalanish, turli nosoz va qo‘lbola uskunalardan foydalanmaslik, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish yuzasidan kerakli tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, is gazidan zaharlanish, yong‘in va turli favqulodda holatlar ro‘y berganda to‘g‘ri harakatlanish borasida amaliy ko‘nikmalar namoyish etildi.
SamDTU Matbuot xizmati