Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universiteti Xitoyning yetakchi kompaniya va universitetlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti delegatsiyasining Xitoyga safari doirasida tarmoq va axborot texnologiyalari ishlab chiqarishda jahon bozorida yetakchi o‘rinlarda turuvchi Ruijie Networks kompaniyasiga ham tashrif buyurildi. Kompaniyaning Pekindagi asosiy ofisida uchrashuv tashkil etilib, o‘zaro hamkorlik borasida muzokaralar olib borildi. Shuningdek, ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish borasida Xitoy tajribasi o‘rganildi hamda kompaniya bilan o‘zaro kelishuvga erishildi.

  SamDTU delegatsiyasi kompaniya faoliyati bilan yaqindan tanishib,  Ruijie qoshidagi Raqamli ta’lim texnologiyalari markaziga ham tashrif buyurdilar.

  Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, Xitoyning Ruijie Networks kompaniyasi 2001-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda dunyoda tarmoq va axborot texnologiyalari ishlab chiqarish hamda ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha yetakchi o‘rinlarda turadi.

  Samarqand davlat tibbiyot universitetining Xitoyga tashrifi doirasida amalga oshirilgan hamkorlik loyihalari nafaqat universitet, balki, butun Respublikamizda ta’lim tizimining yanada rivojlanishi va yangi bosqichga ko‘tarilishiga hissa bo‘ladi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.


SamDTU matbuot xizmati