Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
    Close Menu

    ​Turkiyalik mutaxassislar ishtirokida “Shoshilinch terapiyaning zamonaviy jihatlari” ilmiy-amaliy konferensiyasi

      19-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida Tibbiyot fanlari universiteti (Istanbul, Turkiya Respublikasi)dan akademik mobillik dasturi orqali tashrif buyurgan mutaxassislar ishtirokidaShoshilinch terapiyaning zamonaviy jihatlarimavzusida ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi. Anjumanda SamDTU klinik kafedralar xodimlari, magistratura rezidentlari, klinik ordinatorlar, universitet klinikalari xodimlari ishtirok etdilar.

      Konferensiyaning ochilishida Yevrosiyo salomatlik va ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot markazi direktori, Tibbiyot fanlari universitetini Klinik psixologiya kafedrasi mudiri prof. Ainur Feyzioglu va SamDTU farmakologiya kafedrasi mudiri dots. Soatboy Yoʻldoshev qutlov soʻzlarida ikki oliy oʻquv yurti oʻrtasidagi ikkala tomonlama manfaatli hamkorlik, xususan raqobatbardosh tibbiyot kadrlarini tayyorlash va oʻzaro tajriba almashishni taʼkidladilar. Chiqishlarda Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev tashabbusi bilan jadal hamkorlikni rivojlanayotganligi alohida taʼkidlandi.

      Konferensiyada Tibbiyot fanlari universiteti yetakchi mutaxassislari – “Maxsus guruhlarda jarohatlarni davolash (homiladorlar, bolalar va keksalar)” dots. Songul Aracha, “Qon ketishida dori vositalar bilan davolashdots. Merve Kabasakal Iltera, “Tez yordam boʻlimida jarohatlarning ultratovush tekshiruviprof. Serkan Emre Eroglu, “Servikal umurtqa pogʻonasi shikastlangan bemorlarda havo yoʻllarining oʻtkazuvchanligini taʼminlashdots. Mehmet Terjana, “Kompleks havo yoʻllarini boshqarish boʻyicha hisobot: uygʻoq paytida intubatsiyadots. Mehmet Yilmaz maʼruzalari tinglandi.

      Maʼruzalar Turkiya sogʻliqni saqlash tajribasidan amaliy ishlarning taqdimot materiallari bilan hamohang olib borildi va anjumanning barcha ishtirokchilarida katta qiziqish uygʻotdi.

      Ilmiy-amaliy anjuman yakunida turkiyalik hamkasblarga maʼruzalar uchun minnatdorchilik bildirilib, kelgusida ilmiy forumlar, mahorat darslarini oʻtkazish boʻyicha kelishildi.


    SamDTU matbuot xizmati