×
Menu
Close Menu

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

  Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar Universitet Davolash fakulteti dekani Xamidov O.A tomonidan tasdiqlangan –Yo’l xaritasi asosida olib borildi. 

  O’quv yili davomida har payshanba kuni kafedraning mas’ul assistenti Xasanov F.SH. boshchiligida kafedra xodimlari va talabalar ishtirokida yo’riqnoma asosida axborot soatlari uzluksiz olib boriladi, bayonnomalarga qayd etiladi.

  Universitet ma’naviyat va ma’rifat bo’limi tomonidan taqdim qilingan «O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi», «Korrupsiyaga qarshi kurash», 2022–2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Prezident farmoni muhokamasi bilan tanishtirish va boshqa ma’naviy-marifiy tadbirlar, taqdimotlar o’tkazildi, ularning mazmun mohiyati haqida batafsil tushuncha berib boriladi

  Talabalarga sog’lom turmush tarzi haqida suhbatlar tashkillashtirildi. Jumladan 1 dekabr Butunjaxon OITSga karshi kurash kunida talabalar bilan uning yuqish yo’llari va kasallik alomatlari, keltirib chiqaradigan asoratlari, «Zararli illatlarga qarshi kurashish» haqida to’liq ma’lumot berildi va sog’lom turmush tarzini shakllantirish bo’yicha tavsiyalar berildi.

  Bo’limda davolanayotgan bemorlar bilan muntazam ravishda Sog’lom turmush tarziga amal qilish borasida suhbatlar olib boriladi.

  Kafedra assistentlari o’tkazilgan sport tadbirlarida munosib qatnashib kelishadi:

  Kafedra xodimlari turli tashkilotlarda olib borilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol qatnashishadi. 

  Samarqand viloyatidagi yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun kunlik o’tkaziladigan tadbirlarni tashkillashtirishga ko’maklashish maqsadida “Samarqand tajribasi sifatida “Tashabbuskor ko’makchi” shiori ostida har bir mahallaga xalq ta’limi, ma’daniyat, sportni rivojlantirish, ma’naviyat va ma’rifat, oliy ta’lim, axborot texnologiyalari hamda mudofa tizimlaridan ma’sullar biriktirilgan.   Kafedra mudiri Xamrayev.X.X. va kafedra o’qituvchilari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PQ 188- sonli qarori asosida Samarqand Davlat Tibbiyot universiteti xodimlarining Bulung`ur  tumanida aholi orasida noinfeksion kasalliklarning oldini olish sog`lom turmush tarzini targ`ib qilib, aholini jismoniy faolligini va to`g`ri ovqatlanish chora tadbirlarini kuchaytirish hamda birlamchi tibbiy sanitariya muassasalarida tibbiy ko`riklarni tashkil qilish maqsadida mahalla, oilaviy poliklinika, oilaviy shifokorlik punktlarida olib borilgan ishlarda reja asosida ishtirok etib kelishadi.

  Bundan tashqari kafedra mudiri va o’qituvchilari milliy bayramlar, an’anaviy tadbirlar, tarixiy shaxslarning tug’ulgan kunlarini o’tkazish bo’yicha turli tadbirlarda faol qatnashishdi.