Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Close Menu

Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari

  Kafedrada 1 kurs 1 va 2 son davolash, pediatriya,stomatologiya fakulteti talabalari « Tibbiyot kasbiga kirishlogiya»,2-kurs xalq tabobati fakulteti talabalari «Кlinik alllergo», 3 kurs xalq tabobati fakulteti talabalari «Ichki kasalliklar», 1 kurs OHI fakulteti talabalari «Hamshiralik ishi» va «Gerantologiya», 6kurs davolash fakulteti va tibbiy pedagogika fakulteti talabalari «Ambulator poliklinik terapiya» fanini, 3 kurs davolash ishi fakulteti talabalari «Ichki kasalliklar»fanini, Meditsina MD fakulteti talabalari 1-2-3-4 “Internal disease” fani dasturi asosida taxsil olishadi.

  Kafedrada magistratura va klinik ordinatura yo’nalishi bo’yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yo’lga qo’yilgan.

  O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
  – Kvalifikatsion xarakteristika;
  – Davlat standarti;
  – O’quv dasturi;
  – O’quv ishchi dastur;
  – Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
  – O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
  – tasdiqlangan tashxis standartlari;
  – xalqaro tavsiyalar;
  – zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).

  O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
  Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar,prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv dasturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha bo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.


  Kafedra kutubxonasi:

  • Кutubxonada ingliz, o’zbek va rustillaridagi 40 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
  • Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.