Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Close Menu

Xalqaro hamkorlik

  Samarqand Davlat tibbiyot universiteti halqaro vazifalari institut rivojlanish Konsepsiyasiga asoslanib, halqaro taʼlim kengligida oʼz oʼrnini mustahkamlashga yo`naltirgan. Halqaro hamkorlikning asosiy ustunliklari chet eldan kelgan oʼquvchilarning sonini koʼpaytirish, chet davlatdagi oliy oʼquv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan qoʼshma loyihalarni rivojlantirish, chet eldagi oʼquv yurtlarida dars beruvchi tadqiqotchilar va oʼqituvchilar sonini oshirish, ikkita diplom berish imkonini yaratadigan chet eldagi oliy oʼquv yurtlari bilan qoʼshma dasturlarni sonini oshirishdadir.

  30 dan ortiq davlat va halqaro tashkilotlar, chet eldagi universitetlari va ilmiy – tadqiqot markazlari taʼlim va fan yo`nalishda halqaro hamkorlikning qatnashchilari Samarqand Davlat tibbiyot universiteti bilan tenglik mohiyatidan kelib chiqqan holda aloqalarni rivojlantirmoqda. Yevropa, Osiyo, Shimoliy Аmerika va MDH universitetlari bilan hamkorlik muloqotlarning rivojlanishi qoʼshma dastur va taʼlim mobilliligiga asoslangan.

  Har yili hamkorlik muloqotlarni oʼrnatish, oʼqish, mahoratni oshirish, ilmiy anjumanlarda qatnashish maqsadida SamDTU-ga tashrif buyuradigan chet eldagi yuqori malakali mutaxasiss, professor, talaba va tadqiqotchilar soni oshib bormoqda.
SamDTU butun dunyo taʼlim va fan markazlari, universitetlari, jamoat tashkilotlari bilan aloqa tuzishga tayyor va institut eshiklari hamma chet eldagi abiturient, talaba, izlanuvchi va oʼqituvchilari uchun ochiq.

  Hamkorlik jug’rofiyasi: Kafedraning yaqin va uzoq chet el davlatlardagi 10 ta dan ortiq oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan aloqa va hamkorlik muloqotlari mavjud, jumladan:

  V. I. Razumovskiy nomidagi Saratov davlat tibbiyot universiteti.

  S.D.Asfendiyarova nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti. (KazNMU)

  Avstriya Grats tibbiyot universiteti
  Portugaliya Portu universiteti