Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

    Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar Universitet 1-son Davolash fakulteti dekani Lutfullayev Gʻ.U tomonidan tasdiqlangan –Yoʻl xaritasi asosida olib boriladi. 

    Oʻquv yili davomida har payshanba kuni kafedraning mas’ul assistenti Yarmatov S.T. boshchiligida kafedra xodimlari va talabalar ishtirokida yoʻriqnoma asosida axborot soatlari uzluksiz olib boriladi, bayonnomalarga qayd etiladi.

    Talabalar bilan sogʻlom turmush tarzi haqida suhbatlar tashkillashtirilib boriladi.

    Kafedra mudiri dotsent S.X. Yarmuxamedova tavsiyalari asosida tibbiyot xodimi boʻlmaganlar uchun sodda va tushunarli holatda “Gipertoniya kasalligi va undan himoyalanish” mavzusida qisqa videorolik tayyorlandi.

    Boʻlimda davolanayotgan bemorlar bilan muntazam ravishda Sogʻlom turmush tarziga amal qilish borasida suhbatlar olib boriladi.

    Kafedra assistentlari oʻtkazilgan sport tadbirlarida munosib qatnashib kelishadi:

    Kafedra xodimlari turli tashkilotlarda olib borilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol qatnashishadi.

    Kafedra mudiri Yarmuxamedova S.X. va kafedra oʻqituvchilari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PQ 188- sonli qarori asosida Samarqand Davlat Tibbiyot universiteti xodimlarining Samarqand viloyat tumanlarida aholi orasida noinfeksion kasalliklarning oldini olish sogʻlom turmush tarzini targʻib qilib, aholini jismoniy faolligini va to`gʻri ovqatlanish chora tadbirlarini kuchaytirish hamda birlamchi tibbiy sanitariya muassasalarida tibbiy ko`riklarni tashkil qilish maqsadida mahalla, oilaviy poliklinika, oilaviy shifokorlik punktlarida olib borilgan ishlarda reja asosida ishtirok etib kelishmoqda.

    Bundan tashqari kafedra mudiri va oʻqituvchilari milliy bayramlar, an’anaviy tadbirlar, tarixiy shaxslarning tugʻulgan kunlarini oʻtkazish boʻyicha turli tadbirlarda faol qatnashishmoqda.