Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Xalqaro hamkorlik

  Samarqand Davlat tibbiyot universiteti internatsionalistik vazifalari institut rivojlanish Kontsepsiyasiga asoslanib, halqaro taʼlim kenglikda oʼz oʼrnini mustahkamlashga yunaltirgan. Internatsionalizatsiyaning asosiy ustunliklari chet eldan kelgan oʼquvchilarning sonini koʼpaytirish, chet davlatdagi oliy oʼquv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan qoʼshma loyihalarni rivojlantirish, chet eldagi oʼquv yurtlarida dars beruvchi tadqiqotchilar va oʼqituvchilar sonini oshirish, ikkita diplom berish imkonini yaratadigan chet eldagi oliy oʼquv yurtlari bilan qoʼshma dasturlarni sonini oshirishdadir.

  60 dan ortiq davlat va halqaro tashkilotlari, chet eldagi universitetlari va ilmiy – tadqiqot markazlari taʼlim va fan yunalishda halqaro hamkorlikning qatnashchilarini bilan Samarqand Davlat tibbiyot universiteti tenglik mohiyatidan kelib chiqqan holda aloqalarni rivojlantirmoqda. Yevropa, Osiyo, Shimoliy Аmerika va MDH universitetlari bilan hamkorlik muloqotlarning rivojlanishi qoʼshma dastur va taʼlim mobilligiga asoslangan.

  Har yili hamkorlik muloqotlarni oʼrnatish, oʼqish, mahoratni oshirish, ilmiy anjumanlarda qatnashish maqsadida SamDTI-ga tashrif buyuradigan chet eldagi eqori malakali mutaxasiss, professor, talaba va tadqiqotchilar soni oshib bormoqda.
  SamDTI butun dunyo taʼlim va fan markazlari, universitetlari, jamoat tashkilotlari bilan aloqa tuzishga tayyor va institut eshiklari hamma chet eldagi abiturient, talaba, izlanuvchi va oʼqituvchilari uchun ochiq.

  Hamkorlik jugrofiyasi: Kafedraning yaqin va uzoq chet el davlatlardagi 10 ta dan ortiq oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan aloqa va hamkorlik muloqatlari mavjud:

  Samarqand davlat tibbiyot instituti vaTojikiston respublikasi Abu Ali ibn Sino nomli Tojik Davlat Tibbiyot Universiteti oʼrtasida tuzilgan hamkorlik kelishuvida belgilangan akademik mobillik dasturi doirasida Samarqand davlat Tibbiyot Instituti ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi assistenti Vafoyeva Nigora Abrorovna 12.11.2021 dan 20.11.2021 gacha Abu Ali ibn Sino nomli Tojik Davlat Tibbiyot Universiteti ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasida kalendar-tematik reja asosida davolash va pediatriya fakulteti talabalarigaamaliy mashgʼulotlar oʼtkazdi.

  Samarqand Davlat tibbiyot instituti va Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti negizida tashkil etilgan Turkiyaning Sog’liq bilimlari universiteti Xalqaro Turkiya fakulteti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik kelishuvida belgilangan akademik mobillik dasturi doirasida institutga offlayn tarzda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti negizida tashkil etilgan Turkiyaning Sog’liq bilimlari universiteti Xalqaro Turkiya fakulteti professori, Muhammet Raşit Sayın va Halit Chinarka Ichki kasalliklar propedevtikasi bazasida akademik mobillik doirasida 13.12.2021 dan 15.12.2021 gacha

  Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi bazasida akademik mobillik doirasida 13.12.2021 dan 15.12.2021 gacha Rossiya federatsiyasi I.M.Sechenov nomidagi Moskva Birinchi Davlat Tibbiyot Universiteti sport tibbiyoti va tibbiy reabilitatsiya kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori Bondarev Sergey Anatolyevich tomonidan kalendar-tematik rejaga asosan maruza va amaliy darslar o'tkazildi.

  Samarqand davlat tibbiyot instituti va Rossiya Federatsiyasining V.I.Razumskiy nomli Saratov davlat meditsina universiteti oʼrtasida tuzilgan hamkorlik kelishuvida belgilangan akademik mobillik dasturi doirasida Universitetning ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasida talabalar, magistratura rezidentlari va klinik ordinatorlarga hamkor V.I.Razumskiy nomli Saratov davlat meditsina universiteti, gospital terapiya kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori Nikitina Natalya Mixaylovna tomonidan 20.04.2022 dan 22.04.2022 gacha amaliy mashgʼulotlar oʼtkazildi.

  Samarqand davlat tibbiyot instituti va Rossiya Federatsiyasining Integrativ oilaviy terapiya Instituti oʼrtasida tuzilgan hamkorlik kelishuvida belgilangan akademik mobillik dasturi doirasida Universitetning ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasida talabalar, magistratura rezidentlari va klinik ordinatorlarga hamkor Integrativ oilaviy terapiya Instituti oilaviy meditsina kafedrsi mudiri, t.f.n., professor Yegorov Ilya Vadimovich tomonidan 13.05.2022, 16.05.2022 va 17.05.2022 kunlar amaliy mashgʼulotlar oʼtkazildi.