Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar Universitet 1-son Davolash fakulteti dekani Lutfullayev Gʻ.U tomonidan tasdiqlangan –Yoʻl xaritasi asosida olib boriladi.
Ma’naviy-ma’rifiy yoʻnalishda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi quyidagi yo‘nalishlardan iborat:
- Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli muvofiqlashtirishga doir tashkiliy masalalar;
- Shaxsning ma’naviy kamolotini yuksaltirish;
- Siyosiy-huquqiy bilim va ma’daniyatni shakllantirish;
- Ekologik bilim va ma’daniyatni shakllantirish;
- Sog‘lom turmush tarzi va jismoniy ma’daniyatni shakllantirish;
- Mafkuraviy immunitet va g‘oyaviy kurashchanlikni shakllantirish;
- Milliy bayramlar, tarixiy sanalar va buyuk ajdodlar tavalludini nishonlash.
Ma’naviy-ma’rifiy sohaga doir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, Vazirlik hay’ati qarorlari, buyruqlarida berilgan vazifalar kafedrada to‘laqonli bajarilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Oʻquv yili davomida har payshanba kuni kafedraning mas’ul assistenti Yarmatov S.T. boshchiligida kafedra xodimlari va talabalar ishtirokida yoʻriqnoma asosida axborot soatlari uzluksiz olib boriladi, bayonnomalarga qayd etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2019-yil 19-mart kuni “Yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni ma’daniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalari”ga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus asosida belgilangan tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazib borish yo‘lga qo‘yilgan.
Talabalar bilan sogʻlom turmush tarzi haqida suhbatlar tashkillashtirilib boriladi.
Kafedra mudiri, dotsent S.X. Yarmuxamedova tavsiyalari asosida tibbiyot xodimi boʻlmaganlar uchun sodda va tushunarli holatda “Gipertoniya kasalligi va undan himoyalanish” mavzusida qisqa videorolik tayyorlandi.
Boʻlimda davolanayotgan bemorlar bilan muntazam ravishda Sogʻlom turmush tarziga amal qilish borasida suhbatlar olib boriladi.
Kafedra xodimlari turli tashkilotlarda olib borilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol qatnashishadi.
Kafedra mudiri Yarmuxamedova S.X. va kafedra oʻqituvchilari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PQ 188- sonli qarori asosida Samarqand Davlat Tibbiyot universiteti xodimlarining Samarqand viloyat tumanlarida aholi orasida noinfeksion kasalliklarning oldini olish sogʻlom turmush tarzini targʻib qilib, aholini jismoniy faolligini va to`gʻri ovqatlanish chora tadbirlarini kuchaytirish hamda birlamchi tibbiy sanitariya muassasalarida tibbiy ko`riklarni tashkil qilish maqsadida mahalla, oilaviy poliklinika, oilaviy shifokorlik punktlarida olib borilgan ishlarda reja asosida ishtirok etib kelishmoqda.
Universitet tomonidan tashkil etilayotgan xayriya tadbirlarida faol qatnashish bilan birgalikda, kafedra xodimlari tomonidan turli ko‘rinishdagi xayriya tadbirlari tashkil etish yaxshi an’anaga aylangan. Jumladan, har yili Romozon oyida talabalar yotoqxonalarida osh tayyorlab tarqatilmoqda, “Qariyalar uyi”ga, bolalar bog‘chalariga turli sovg‘alar taqdim etilmoqda, ba’zida bo‘limda yotib davolanayotgan yordamga muhtoj bemorlarga moddiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.
Ulashish