Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

  Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 mart kunidagi PQ-5040-son «Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori qabul qilinib, respublikamizda ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha bir qator ustuvor vazifalar belgilab berilganligi bunga yaqqol misoldir.

  Shu sababli ma'naviy-ma'rifiy ishlar Ijtimoiy Gigiyena kafedrasi faoliyatining eng muhim yo'nalishi hisoblanadi. Kafedrada ma'naviy-ma'rifiy ishlar doimiy ravishda tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Ushbu ishni mas'ul o'qituvchi Mo’sayeva O. T. muvofiqlashtiradi va tashkil etadi.

  Kafedradama’naviy-ma’rifiy va tarbiya sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar asosan quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda muntazam olib boriladi:

  • Tashkiliy-tarbiyaviy ishlar;
  • Milliy g‘oya targ‘iboti;
  • Diniy ekstremizm, aqidaparastlik, xalqaro terrorizmga qarshi kurash, shuningdek, millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik tarbiyasi;
  • Vatanga muhabbat, o‘z millati, xalqiga sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy g‘urur tarbiyasi;
  • Siyosiy madaniyat va huquqiy ongni shakllantirish;
  • Mafkuraviy tarbiya;
  • Aqliy tarbiyalanganlik;
  • Umuminsoniy qadriyatlarga xurmat ruhida tarbiyalash;
  • Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish.

  Yuqorida sanab o’tilgan yo’nalishlar bo’yicha kafedrada professor-o'qituvchilar bilan birgalikda talabalar o'rtasida quyidagi ishlarolib boriladi:

  talabalar o‘rtasida faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, jamiyatda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish;

  mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini talabalarga samarali yetkazish;

  kafedra talabalari orasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish va sog‘lomlashtirishga qaratilgan faoliyatda ishtirok etish

  tinchlik va osoyishtalikka, mamlakatimizning barqaror taraqqiyotiga, qadriyat va urf-odatlarga hamda insonparvarlik g‘oyalariga xavf soluvchi turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi samarali targ‘ibot ishlarini olib borish;

  talabalarning ijtimoiy-ma’naviy hayotida bunyodkorlik g‘oyalarini kuchaytirish, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik muhitini yanada mustahkamlash.

  talabalar o'rtasida sog'lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish;

  o'quv muassasasining yo'nalishi va ixtisoslashuviga mos ravishda talabalarning bo'sh vaqtini tashkil etish, turli xil to’garaklarni tashkil etish.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va axborot soatlaridan lavhalar.