Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Ilmiy to'garak

  Universitet talabalarini kafedrada o’rganiladigan fanlarga qiziqishlarini yanada orttirish va chuqur bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari hamda xalqaro va respublika miqyosida o’tkiziladigan fan tanlovlari, olimpiadalarda ishtirok etishlari uchun to’garak tashkil etilgan.

  To’garak rahbarlari talabalar o’rtasida muntazam, turli mavzularda davra suhbatlari, amaliy ko’nikmalar o’tkizib kelishmoqda.

  Umumiy gigiyena va ekologiya kafedrasida tashkil qilingan TIJ ga 2022-2023 o’quv yilida 28-nafar talaba a’zo qilib olingan bo’lib, ularning barchasi ilmiy izlanishlarda qatnashdi. Ilmiy izlanishlarni olib borishda kafedra xodimlarining barchasi talabalarga yaqindan yordam berishdi.

  O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta ta’lim vazirligi va hamdo’stlik davlatlarida tashkil qilinayotgan halqaro olimpiadalarda TIJ a’zolari faol ishtirok etib sovrinli o’rinlarini egallab kelmoqdalar. Jumladan Tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti 2-kurs talabasi Umarov Faxriddin 2023-yil 2-fevralda Qozog'iston-Rossiya tibbiyot universitetida bo’lib o’tgan onlayn konferensiyada faxrli 1-o’rinni egalladi.