Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Ilmiy to'garakIlmiy to'garak

  “Gistologiya, sitologiya va embriologiya” kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari “Yosh gistologlar” deb nomlangan talabalar ilmiy to‘garagi yig‘ilishlarini tashkil etish, Samarqand davlat tibbiyot universitetida bo‘lib o‘tgan xalqaro va respublika talabalarining ilmiy-amaliy konferentsiyalari doirasida alohida sho’ba yig‘ilishlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining respublika tanlovlari uchun ijtimoiy-gumanitar bilimlarning dolzarb muammolari, zamonaviy tibbiyotning falsafiy, uslubiy va bioetik muammolari bo‘yicha tadqiqot ishlarini tayyorlashadi.

  Tibbiy bilimlar va faoliyatning gistologiya muammolariga, bo‘limga qiziqqan barcha talabalar, to‘garak a’zolarining yutuqlarini rag‘batlantirgan holda, hamkorlikka chaqiradilar.

  To‘garak faoliyati uchun mas’ul rahbar o‘qituvchi Yuldasheva Nilufar Baxtiyarovna, bugungi kunda u asosiy ma’sul, shuningdek 10 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi.

  Katta kurs sardori: M. Raximov davolash fakulteti 3-bosqich talabasi, 10 ta ilmiy maqolaning muallifi va hammuallifi, “Biz korrupsiyaga qarshimiz” tanlovining 1-darajali diplom sohibi, rektor stipendiyasi sohibi.

  Kichik kurs sardori: A. Maxmudova davolash fakulteti 2-kurs talabasi, 8 ta ilmiy maqolaning muallifi va hammuallifi, 4 ta diplom, 7 ta sertifikat, 2 ta faxriy yorliq, 2 ta minnatdorchilik xati egasi.