"Gistologiya, sitologiya va embriologiya" kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari "Yosh gistologlar" deb nomlangan talabalar ilmiy to‘garagi yig‘ilishlarini tashkil etish, Samarqand Davlat tibbiyot universitetida bo‘lib o‘tgan xalqaro va respublika talabalarining ilmiy-amaliy konferensiyalari doirasida alohida yig‘ilishlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining respublika tanlovlari uchun ijtimoiy-gumanitar bilimlarning dolzarb muammolari, zamonaviy tibbiyotning falsafiy, uslubiy va bioetik muammolari bo‘yicha tadqiqot ishlarini tayyorlashadi.
Tibbiy bilimlar va faoliyatning ijtimoiy-gumanitar muammolariga, bilimga qiziqqan barcha talabalar, to‘garak a’zolarining yutuqlarini rag‘batlantirgan holda, hamkorlikka chaqiradilar.
To‘garak faoliyati uchun mas’ul rahbar o‘qituvchi Yuldasheva Nilufar Baxtiyarovna bugungi kunda assistent lavozimida ishlaydi, shuningdek bir necha ilmiy ishlarning muallifi.
Kichik kurs sardori: Olimjonova Faraxnoza Orifjonovna, Tibbiy pedagogika fakulteti 3-bosqich talabasi, 7 ta ilmiy maqolaning muallifi va ham muallifi, SamDTU bo‘lib o‘tgan " Gistologiya, sitologiya va embriologiya " fani bo‘yicha xalaqaro olimpiada tanlovining 2-darajali diplom sohibi, rektor stipendiyasi sohibi.
Katta kurs sardori: Shamsieva Madinabonu Shuxrat qizi, tibbiy-pedagogika fakulteti 4-bosqich talabasi, 12 ta ilmiy maqolaning muallifi va hammuallifi, SamDTU bo‘li bo‘tgan " Gistologiya, sitologiya va embriologiya " fani bo‘yicha xalaqaro olimpiada tanlovining 2-darajali diplom sohibi, rektor stipendiyasi sohibi, 5 ta diplom, 7 ta sertifikat, 4 ta faxriy yorliq, 2 ta minnatdorchilik xati egasi, "Rektor stipendiyasi" nomzodi hisoblanadi.