Kafedrada 1-2 kurs xalq tabobati, davolash, pediatriya, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya fakulteti talabalari «Gistologiya, sitologiya va embriologiya» fani modul dasturi asosida tahsil olishadi.
Har bir fakultet va kurs uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar asosida dars mashg’ulotlari olib boriladi:
– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat standarti;
– O‘quv dasturi;
– O‘quv ishchi dastur;
– Kalendar-tematik reja.
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).
O‘qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo‘lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O‘quv dasturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o‘qitish uchun mo‘ljallangan va o‘quv dasturining barcha bo‘limlariga to‘g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.
Kafedra kutubxonasi:
• Кutubxonada ingliz, o‘zbek va rus tillaridagi 500 dan ortiq o‘quv adabiyotlar mavjud.
• Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanma, ma’ruza matnlari va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Kafedrada laboratoriya ishlari faol olib boriladi
- Kafedrada laboratoriya mashg‘ulotlari har bir fakultet uchun mo‘ljallangan kalendar tematik reja asosida olib boriladi.
- Laboratoriya mashg‘ulotlarida o‘tilgan mavzularga tegishli to‘qima va a’zolarning mikropreparatlari mikroskopda o‘rganilib tashxis qo‘yiladi va ishchi daftarga chizib olinadi.
Kafedrada talabalar mustaqil ishini yo‘lga qo‘yilishi.
Kafedrada talabalarning mustaqil ishi turlari:
1. Interfaol texnalogiyalar yordamida o‘rganish.
2. Mikropreparatlar, elektron tasvirlar, atlisdagi rasmlar va ko‘rgazmali qurollar orqali o‘rganish.
3. Gistologik preparatlar tayyorlash.
4. Internet ma'lumotlaridan foydalangan holda referatlar yozish.
5. Yangi mavzularga internet ma'lumotlar orqali tablitsalar tayyorlash.
6. Fan mavzulari bo‘yicha interaktiv o‘yinlar tayyorlash.
7. Krossvordlar tuzish.
8. Mavzu bo‘yicha taqdimotlar tayyorlash.
9. Mavzular bo‘yicha kanspektlar yozish.
10. Mavzu materiallarini talabalar o‘zaro muhokama va muloqat qilish.
Talabalar bilimini baholash, talabalarni davomati va fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari ma'lumotlari.
Gistologiya, sitologiya va embriologiya fani bo‘yicha talabaning bilimini nazorat qilish va baholash O‘zbekiston Respublikasi OUMTVning 2010 yil 25 avgust №333 sonli buyrug‘i bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan «Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash reyting nizomi» ga muvofiq va universitet rektorining 2013 yil 12 sentyabrdagi №43 sonli «Universitetda o‘quv mashg‘ulotlarini modul tizimida tashkil etish to‘g‘risida» gi, 2013 yil 19 dekabrdagi «Universitetda o‘quv mashg‘ulotlarini moodle.sammi.uz intranet elektron o‘qitish tizimida tashkil etish to‘g‘risida»gi №951/U sonli buyruqlari, hamda SamDMI ilmiy kengashining, 2016 yil 15 iyundagi №9 sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan «Kredit -modul tizimida o‘quv jarayonini tashkil etishda talabalar bilimini baholash va nazorat qilish uchun tavsiyanoma» asosida olib boriladi, va quyidagicha amalga oshiriladi.
Talabalarning o‘quv jarayonini baholash tartibi.
Baholash- bu talabalarning o‘quv jarayonini tugallash bosqichlaridan biri bo‘lib, talabaning o‘quv jarayonini o‘zlashtirish darajasini ko‘rsatadi. Baholash jarayonini: og‘zaki so‘rov, test, yozma ish, amaliy ko‘nikmalar natijasi belgilaydi.
Modul tizimi bo‘yicha baholash, joriy o‘quv jarayoni baholariva yakuniy modul nazorati natijalari yig‘indisi asosida, ananaviy 5-baholik sistema bo‘yicha qo‘yiladi.
YaN o‘tkizish fakultet dekanati tomonidan tuzilgan grafik asosida universitet ARMi kompyuterlarida MO‘M testlaridan foydalangan tarzida, dekan o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkiziladi va baholanadi.