Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari
Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari yosh avlodni mustaqillik g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, zamonaviy tibbiyot fanining falsafiy muammolari, O'zbekiston davlatchiligi tarixining turli jihatlari bo'yicha olib borilmoqda.
Kafedraning barcha xodimlari kafedra va institut ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqdalar. Samarqand davlat tibbiyot universiteti, gematologiya kafedrasida 5 ta asosiy shtatda va 2 ta o`rindosh xodimlar faoliyat ko’rsatishadi. Shulardan 1 ta dotsent,k.m.n., 1 ta katta o`qituvchi falsafa doktori(PhD), qolganlar assistentlardan tashkil topgan.

Abdiyev Kattabek Maxmatovich-1958 yil tug`ilgan.
Ilmiy ishini 1990 yil Rossiya davlati Moskva shaxrida boshlab, 1991 yil butun ittifoq gematologiya markazida, t.f.d.,professor Vorobyov A.I raxbarligida “Amegakariositar trombositopeniya bilan kasallangan bemorlarda trombosit konsentrasiyasi transfuziyasini takomillashtirish mavzusida” kandidatlik dissertatsiyasini yoqlagan-14.00.29. Ilmiy ish olib borish jarayonida dissertasiya mavzusiga oid 2 ta xorijiy, 4 ta respublikada maqola va 2 ta uslubiy qo’llanmalar chop etgan. Hozirda 2006 yil dotsentlik ilmiy unvonini olgan va hozirda , Samarqand davlat tibbiyot universiteti, gematologiya kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda.
Xozirgacha 300 ga yaqin maqola, 100 ga yaqin tezis , 3 ta monografiya, 27 ta uslubiy qo’llanma,12 ta scopus maqola, 1 ta ratsionalizatorlik taklif va 35 ga yaqin akt vnedreniyalar kiritgan. Hozirgi kunlarda yangi mavzular bo’yicha monografiya, oq`uv qo’llanmalar ustida ishlamoqda. Klinik ordinatorlarga saboq berishdan charchamay o’zining yangi ilmiy maqolalari ustida ishlamoqda.
Madasheva Anajan Gazxanovna-1964 yil tug`ilgan
Ilmiy ishini 2017 yil O’zbekiston Respublikasi Toshkent shaxrida boshlab, 2022 yil Respublika ixtisoslashgan gematologiya ilmiy amaliy markazida, t.f.d., Maxmudova A.Dj raxbarligida Gemofiliya A va B bemorlarida mushak tizimining klinik funksional xususiyatlari va uning korreksiyasi yo’llari mavzusida tibbiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori unvoni berildi-14.00.29. Ilmiy ish olib borish jarayonida dissertasiya mavzusiga oid 2 ta xorijiy, 12 ta respublikada maqola va 1 ta uslubiy qo’llanmalar chop etgan. 2009 yil katta oqituvchi unvonini olgan va hozirda ,

Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Gematologiya kafedrasidasi katta oqituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Xozirgacha 70 ga yaqin maqola, 60 ga yaqin tezis , 2 ta monografiya, 4 ta oq`uv qo’llanma , 18 ta uslubiy qo’llanma va 30 ga yaq`in akt vnedreniyalar kiritgan. Xozirgi kunlarda yangi mavzular bo’yicha monografiya, o’quv qo’llanmalar ustida va o’zining yangi ilmiy maqolalari ustida ishlamoqda. Gemofiliya A va B bemorlarida mushak tizimining klinik funksional xususiyatlari mavzusida monografiya tayyorlamoqda. Ekstrokorporal qon tozalash usullari bo’yicha uslubiy tavsiyanoma tayyorlanmoqda.

P.h.d. Maxmonov Lutfulla Saydullaevich 1974 yil tug`ilgan.2021 yildan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Gematologiya kafedrasi mudiri.
Ilmiy ishini 2021 yil boshlab, 2023 уil yanvar oyida himoya qildi. O`zbekistan Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi 2021 yildan boshlab 14.00.05 va 14.00.33 shriftlari bilan t.f.d: professor Gadaev A.G va t.f.d: professor Rizaev J.A lar rahbarligida “ Helicobakter Pilori bilan assosialangan temir va vitamin B12 tanqisligi kamqonliklarini davolash tamoyillarini muvofiqlashtirish hamda ularga moyillik tug’diruvchi tashqi omillarni baholash” mavzusida ilmiy ishini yakunladi. Ilmiy ish olib borish jarayonida dissertasiya mavzusiga oid 25 ta xorijiy, 20 ta respublikada maqola va 3 ta uslubiy qo’llanmalar chop etgan.
Gematologiya kafedrasining boshqa xodimlari Mamatkulova F.X., Amerova D.A.,’’Yangi tug`ilgan chaqaloqlarda gemostaz tizimidagi o’zgarishlar, vitamin K etishmasligi sabablari va uni korreksiyasi yo’llari” mavzusida ilmiy ish olib borishmoqda. Uzoqova O.N ” Nasliy qon tizimli kasalliklari” mavzusida ilmiy ish olib borishmoqda. Kafedramiz xodimlaridan qariyib 60-70% ilmiy ish bilan shug`illanadilar. 2024yil hisobidan hamma xodimlar 100% ilmiy maqolalar va uslubiy qo’llanma chiqarishga qamrab olindi. Chet el da 80 ta maqola, Respublikada 30 ta maqola, 3 ta monografiya, 3 ta o`quv qo’llanma, 9 ta uslubiy qo’llanma, 3 ta ratsionalizatorlik taklif va 10 ga yaqin akt vnedreniyalar kiritdilar. Shu bilan to’xtab qolmay kafedramiz hamma xodimlari ilmiy ishlarini davom ettirmoqdalar.
2024-yil 14-20-oktabrgacha katta o`qituvchi falsafa doktori(PhD), A.G. Madasheva Ahmad Yassaviy nomidagi qozoq-turk universitetida akademik mobillik o’tadi.
2025-yil 17-24-oktabrgacha katta o`qituvchi falsafa doktori(PhD), A.G.Madasheva Ahmad Yassaviy nomidagi qozoq-turk universitetida akademik mobillik o’tadi.