Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari yosh avlodni mustaqillik g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, zamonaviy tibbiyot fanining falsafiy muammolari, O'zbekiston davlatchiligi tarixining turli jihatlari bo'yicha olib borilmoqda. Kafedraning barcha xodimlari kafedra va universitet ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqdalar. Samarqand davlat tibbiyot universiteti, gematologiya kafedrasida 5 ta asosiy shtatda va 2 ta o`rindosh xodimlar faoliyat ko’rsatishadi. Shulardan 1ta falsafa doktori(PhD), 1 ta dosent,k.m.n., 1 ta katta o`qituvchi falsafa doktori(PhD), qolganlar assistentlardan tashkil topgan.
P.h.d. Maxmonov Lutfulla Saydullaevich 1974 yil tug`ilgan.2021 yildan boshlab, Samarqand davlat tibbiyot universiteti, gematologiya kafedrasi mudiri.
Ilmiy ishini 2021 yil boshlab, 2023 уil yanvar oyida himoya qildi. O`zbekistan Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi 2021 yildan boshlab 14.00.05 va 14.00.33 shriftlari bilan t.f.d: professor Gadaev A.G va t.f.d: professor Rizaev J.A lar rahbarligida “ Helicobakter Pilori bilan assosialangan temir va vitamin B12 tanqisligi kamqonliklarini davolash tamoyillarini muvofiqlashtirish hamda ularga moyillik tug’diruvchi tashqi omillarni baholash” mavzusida ilmiy ishini yakunladi. Ilmiy ish olib borish jarayonida dissertatsiya mavzusiga oid 20 ta xorijiy, 15 ta respublikada maqola va 2 ta uslubiy qo’llanmalar chop etgan.
Gematologiya kafedrasining boshqa xodimlari Mamatkulova f.X., Amerova D.A.,’’Yangi tug`ilgan chaqaloqlarda gemostaz tizimidagi o’zgarishlar, vitamin K yetishmasligi sabablari va uni korreksiyasi yo’llari” mavzusida ilmiy ish olib borishmoqda. Uzoqova O.N ” Nasliy qon tizimli kasalliklari” mavzusida ilmiy ish olib borishmoqda. Kafedramiz xodimlaridan qariyib 60-70% ilmiy ish bilan shug`illanadilar. 2024yil xisobidan hamma xodimlar 100% ilmiy maqolalar va uslubiy qullanma chiqarishga qamrab olindi. Chet el da 40 ta maqola, Respublikada 15 ta maqola, 1 ta monografiya, 1 ta o`quv qo’llanma, 3 ta uslubiy qo’llanma, 3 ta ratsionalizatorlik taklif va 4 ga yaq`in akt vnedreniyalar kiritdilar. Shu bilan to’xtab qolmay, kafedramiz hamma xodimlari ilmiy ishlarini davom ettirmoqdalar.
Abdiyev Kattabek Maxmatovich-1958 yil tug`ilgan.
Ilmiy ishini 1990 yil Rossiya davlati Moskva shahrida boshlab, 1991 yil butun ittifog` gematologiya markazida, t.f.d.,professor Vorobyov A.I rahbarligida “Amegakariositar trombositopeniya bilan kasallangan bemorlarda trombotsit konsentrasiyasi transfuziyasini takomillashtirish mavzusida” kandidatlik dissertatsiyasini yoqlagan-14.00.29. Ilmiy ish olib borish jarayonida dissertasiya mavzusiga oid 2 ta xorijiy, 4 ta respublikada maqola va 2 ta uslubiy qo’llanmalar chop etgan. Xozirda 2006 yil dotsentlik ilmly unvonini olgan va xozirda , Samarqand davlat tibbiyot universiteti, gematologiya kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda.
Xozirgacha 120 ga yaqin maqola, 30 ga yaqin tezis , 2 ta monografiya, 21 ta uslubiy qo’llanma, 1 ta ratsionalizatorlik taklif va 25 ga yaqin akt vnedreniyalar kiritgan. Xozirgi kunlarda yangi mavzular bo’yicha monografiya, o’quv qo’llanmalar ustida ishlamoqda. Klinik ordinatorlarga saboq berishdan charchamay ozining yangi ilmiy maqolalari ustida ishlamoqda.
Madasheva Anajan Gazxanovna-1964 yil tug`ilgan
Ilmiy ishini 2017 yil O’zbekiston Respublikasi Toshkent shaxrida boshlab, 2022 yil Respublika ixtisoslashgan gematologiya ilmiy amaliy markazida, t.f.d., Maxmudova A.Dj rahbarligida Gemofiliya A va B bemorlarida mushak tizimining klinik funksional xususiyatlari va uning korreksiyasi yo’llari mavzusida tibbiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori unvoni berildi-14.00.29. Ilmiy ish olib borish jarayonida dissertatsiya mavzusiga oid 2 ta xorijiy, 12 ta respublikada maqola va 1 ta uslubiy qo’llanmalar chop etgan. 2009 yil katta o’qituvch unvonini olgan va xozirda ,
Ulashish