Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Kafedra tarixi

  Gematologiya va Xarbiy dala terapiyasi kafedrasi dastlab "Gematologiya va laboratoriya ishi" nomi bilan kurs sifatida 1985-yilda tashkil etilgan. Uni bazasi biokimyo binosida bo‘lgan. U yerda 3 ta o‘quv xonasi va bitta laboratoriya xonasi bo‘lgan. Kursning klinik bazasi Samarqand viloyat 1-son qon quyish stantsiyasini 30 o'ringa mo'ljallangan Gematologiya bo‘limi va ambulator bemorlarni qabul qilish xonasidan iborat bo‘lgan. Gematologiya kursi 1988-yilda 7-son viloyatshifoxonasi 1-qavatidan 60 o'ringa mo'ljallangan gematologiya bo'limiga o'tkazilgan. Bu vaqtda gematologiya va laboratoriyai shi sikli 14 kun davomida o‘qitilgan. Kurs mudiri vazifasiga t.f.n. dotsent A.M.Rasulov tayinlangan.Assistentlar viloyat bosh gematologi D.O‘.Dadajanov, E.P.Navikova, vrach-terapevt A.M. Adilov tanlov asosida tayinlangan. 1987-yil gematologiya kursi tugatilgan.

  1999-yilda o'sha vaqtdagi SamMI rektori professor N.M.Kamalov buyrug'i bilan gematologiya kursi qaytadan pediatriya fakulteti tarkibida tashkil etilgan.Kurs mudiri vazifasiga tanlov asosida t.f.n. dotsent D.O‘.Dadajanov, assistentlar t.f.n. Abdiyev K.M., klinik ordinatorlar A.G.Madashevava F.H.Mamatqulova, M.Sh.Fazliyevlar tayinlangan. Sikl 6-kurs pediatriya va davolash fakulteti talabalari va subordinatorlar uchun o'tilgan. B.O‘.Sobirov buyrug'i bilan gematologiya kursi gematologiya kafedrasiga aylantirilgan.Kafedraga F.T.Yusupov assistentlik kaqabul qilingan. U 2005-yil viloyat qon quyish stansiyasiga bo‘limboshlig'i vazifasiga tayinlangan. Gematologiya kafedrasi yana kursga aylantirilgan. 1-son viloyat ko‘ptarmoqli tibbiyot markazini gematologiya bo‘limi yerto’lasidan xonalar yaratilib kurs shu yergako'chirilgan. Assistent FazliyevM.Sh.Urgut shahar tibbiyot kolleji direktorligi vazifasiga tayinlangan va kurs assistentligini tark etgan.

  Bu vaqtdat.f.n. dotsent D.O‘.Dadajanov, assistentlar Abdiyev K.M., klinik ordinatorlar A.G.Madashevava F.H. Mamatqulovalar ishni davomettirishgan. Bu davr ichida assistant t.f.n. AbdiyevK.M ga dotsent, assistant A.G.Madashevaga kattao'qituvchi unvoni berilgan.

  Rektor professor Shamsiyev A.M. davrida kurs xonalari sanitariya-gigiena qoidalari gajavob bermasligini inobatga olib, SamMI 1-klinikasi 1-ichki kasalliklar bo'limidan 15 o'ringa mo'ljallangan gematologiya bo‘limitashkil etildi va shuyerga ko’chirildi. U yerda 2020-yil dekabr oyigacha kurs o‘z ish faoliyatini davom ettirgan.Gematologiya va Xarbiydalaterapiyasi fani davolash, pediatriya, tibbiy pedagogika, tibbiy profilaktika fakulteti 3-4 kurs talabalarigava 3-kurs chet el talabalariga o‘tilib kelingan.

  2021-yil 30-Iyolda kafedra mudiri O’.D.Dadajonov vafot etdi.

  2021- yil 26-Avgustdan kafedra mudiri etib Maxmonov Lutfulla Saydullaevich tayinlandi. Xozirda 4-kurs talabalariga xarbiy dalaterapiyasi fani, 3-kurs talabalarga gematologiya fani, chet el talabalariga