Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Xalqaro hamkorlik

  Samarqand Davlat tibbiyot universiteti internatsionalistik vazifalari universitet rivojlanish Kontsepsiyasiga asoslanib, xalqaro taʼlim kenglikda o‘z o‘rnini mustahkamlashga yunaltirgan. Internatsionalizatsiyaning asosiy ustunliklari chet eldan kelgan o‘quvchilarning sonini ko‘paytirish, chet davlatdagi oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan qo‘shma loyihalarni rivojlantirish, chet eldagi o‘quv yurtlarida dars beruvchi tadqiqotchilar va o‘qituvchilar sonini oshirish, ikkita diplom berish imkonini yaratadigan chet eldagi oliy o‘quv yurtlari bilan qo‘shma dasturlarni sonini oshirishdadir.

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti xorijdagi 60 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlar, universitetlar hamda ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik qiladi hamda ta’lim va fan sohasidagi xalqaro hamkorlikning faol ishtirokchisidir. Universitet tenglik va o‘zaro hurmat tamoyillariga asoslangan hamkorlik aloqalarini rivojlantirmoqda.

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Turkiya Tibbiyot Bilimlari Universitetining Buxoro davlat tibbiyot instituti Abu Ali ibn Sino nomidagi bazasida tashkil etilgan Xalqaro turk fakulteti o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi asosida belgilangan akademik mobillik dasturi doirasida Turkiya Tibbiyot Bilimlari Universiteti Xalqaro turk fakulteti professori — Xalit Chinarqa universitetga taklif etildi.

  2021-yil 13–15-dekabr kunlari ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi bazasida akademik mobillik doirasida kalendar-tematik reja asosida ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

  Akademik mobillik doirasida 2021-yil 13–15-dekabr kunlari ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi bazasida kalendar-tematik reja asosida ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar Birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti (Sechenov nomidagi) sport tibbiyoti va tibbiy reabilitatsiya kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori Sergey Anatolyevich Bondarev tomonidan o‘tkazildi.

  2022-yil 20–22-aprel kunlari esa Razumovskiy nomidagi Saratov davlat tibbiyot universiteti kasalxona terapiyasi kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori Natalya Mixaylovna Nikitina amaliy mashg‘ulotlar olib bordi.

  Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi xodimlari tomonidan Rossiya, Turkiya va Qozog‘istonning yetakchi mutaxassislari ishtirokida muntazam ravishda seminarlar va davra suhbatlari tashkil etib kelinmoqda.

  2023-yil 12-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti tibbiyot fakultetlari talabalari, klinik ordinatorlar, magistratura rezidentlari va shifokorlar uchun “Arterial gipertenziyani davolashda zamonaviy tendensiyalar: prognozni yaxshilashga yo‘naltirilgan yondashuv. Amlodipin va telmisartan fiksirlangan kombinatsiyasi imkoniyatlari” mavzusida seminar o‘tkazildi.

  Seminarning asosiy ma’ruzachisi — tibbiyot fanlari doktori, Moskva shahridagi Rossiya tibbiyot akademiyasi (uzluksiz professional ta’lim) akademik B.E. Votchala nomidagi klinik farmakologiya va terapiya kafedrasi professori Sergey Rudjerovich Gilyarevskiy bo‘ldi.

  2023-yil 24-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti tibbiyot fakultetlari talabalari, klinik ordinatorlar, magistratura rezidentlari va shifokorlar uchun ‘Arterial gipertenziyali bemorlarda yurak-qon tomir xavfini boshqarish: erta harakat qilish vaqti keldi’ mavzusida vebinar o‘tkazildi.

  Vebinarning asosiy ma’ruzachisi — tibbiyot fanlari doktori, professor, Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi “Milliy kardiologiya ilmiy-tadqiqot markazi” (NMITS Kardiologiya) angiologiya bo‘limi rahbari Yuriy Aleksandrovich Karpov bo‘ldi.

  Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi jamoasi Ijevsk tibbiyot akademiyasi ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi bilan yaqin hamkorlik qilib kelmoqda.

  Ijevsk tibbiyot akademiyasi ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi professori Natalya Aleksandrovna Xoxlacheva bilan hamkorlikda tibbiyot texnikumlari, tibbiyot litseylari hamda tibbiyot OTMlari talabalariga mo‘ljallangan ‘Bemorlarni parvarish qilish’ nomli darslik chop etishga tayyorlanmoqda.

  Kafedra mudiri, dotsent S.X. Yarmuxamedova akademik mobillik doirasida Kaliningrad shahridagi I. Kant nomidagi Baltika federal universitetida bir qator ma’ruzalar o‘qidi va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Shuningdek, I. Kant nomidagi BFU simulyatsiya markazida yurakni exokardiografik tekshirish bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi.

  Shuningdek, akademik mobillik doirasida kafedra mudiri, dotsent S.X. Yarmuxamedova X.A. Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozog‘-Turk universitetida ma’ruzalar o‘qidi va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

  Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi jamoasi (professor Elmira Quanishevna Bekmurzaeva rahbarligida) bilan hamkorlikda 2025-yil 12-may kuni arterial gipertenziyaga qarshi kurashning Butunjahon kuniga bag‘ishlangan ‘Sog‘lom yurak – 2025’ xalqaro onlayn konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiya mavzusi: ‘Ko‘krak qafasidagi og‘riq: simptomdan tashxisgacha. Differensial diagnostikaning zamonaviy jihatlari’.

  Akademik mobillik doirasida 2025-yil 4-17-dekabr kunlari ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi bazasida Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi mudiri, professor Elmira Quanishevna Bekmurzaeva tomonidan kalendar-tematik reja asosida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

  Akademik mobililk doirasida 2026 yil yanvar oyida Qozog‘iston Respublikasining Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasidan “General Medicine” ta’lim dasturi bo‘yicha tahsil olayotgan bir guruh talabalar ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi bazasida tahsil oldilar.

  Kafedra o‘qituvchilari rahbarligida talabalar bemorlarni mustaqil ravishda tekshirish, shikoyatlar va kasallik tarixi bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish, fizik tekshiruvlarni o‘tkazish hamda yurak-qon tomir, nafas olish va boshqa  tizimlarni baholash usullarini o‘zlashtirdilar.

  Amaliy mashg‘ulotlar davomida talabalar elektrokardiogramma (EKG) qayd etish va talqin qilish bo‘yicha ko‘nikmalarini takomillashtirdilar; arterial qon bosimi va pulsni o‘lchash, shuningdek, yurak va o‘pkani auskultatsiya qilish hamda ichki a’zolarni perkussiya va palpatsiya qilish usullarini amaliyotda qo‘lladilar; shuningdek, laboratoriya va instrumental tekshiruvlar natijalarini tahlil qilishni o‘rgandilar.

  Mashg‘ulotlar kafedraning klinik bazasida o‘tkazildi; bu esa talabalarga nazariy bilimlarini real klinik sharoitda mustahkamlash, klinik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, hamda bemorlar bilan muloqot qilishda qimmatli amaliy tajriba orttirish imkonini berdi. 

  Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro Qozoq-Turkiya universiteti va Samarqand Davlat Tibbiyot universiteti o`rtasida akademik mobillik doirasida kafedra ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi mudiri dotsent Yarmuxamedova S.X., kafedra katta o`qituvchisi PhD Nazarov F.Yu., kafedra assistenti Vafoyeva N.A. 2026 yil 27 apreldan 2026 yil 9 maygacha  Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro Qozoq-Turkiya universiteti ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi bazasida bir qator ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar,  mahorat darslari o‘tkazdi.   

  Akademik mobillik dasturi Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro Qozoq-Turkiya universiteti  o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantiradi, tajriba almashinuviga ko‘maklashadi, hamda bo‘lajak shifokorlar tayyorlash sifatini oshiradi. 

  Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi jamoasi xalqaro tadbirlar tashkil etish, tajriba almashish hamda yetakchi xorijiy muassasalar va tibbiyot sohasi mutaxassislari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali ilmiy va ta’limiy aloqalarni kengaytirib, xalqaro hamkorlikni faol rivojlantirib bormoqda.