Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Kafedra tarixi

  Davolash fakulteti pediatriya kafedrasi Samarqand davlat tibbiyot institutida institut tashkil etilgan ilk yilda — 1930-yilda tashkil etilgan birinchi pediatriya kafedrasi hisoblanadi. Kafedra bolalar kasalliklari bo‘limi negizida tashkil etilgan bo‘lib, uni shakllantirish jarayoniga malakali shifokor-pediatrlar V.A. Razlovskiy, A.N. Kiselyov va G.Yu. Barevich jalb etilgan. 1935-yildan kafedraga dotsent A.N. Ivanov mudirlik qila boshlagan. O‘sha yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlari kasal bolalarda periferik qon tarkibini hamda suyak ko‘migida gemopoez jarayonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. 

  1955–1960-yillarda pediatriya kafedrasiga SamarMI rektori, dotsent M.A. Mirzamuhamedov rahbarlik qilgan. U O‘zbekistonda pediatr shifokorlar maktabining asoschisi sifatida e’tirof etiladi. Mazkur davrda issiq va quruq iqlim sharoitida bolalar kasalliklarining klinik kechish xususiyatlarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilgan.

  1960–1977-yillarda kafedrani o‘z davrining yetuk pedagogi va olimi, dotsent B.X. Karaxodjayev boshqargan. U shu yillar davomida Samarqand viloyati Bolalar shifokorlari jamiyatining o‘zgarmas rahbari sifatida faoliyat yuritib, amaliy sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat olib borayotgan pediatr shifokorlarning kasbiy malakasini oshirishga katta hissa qo‘shgan.

  1977–1988-yillarda kafedraga professor X.M. Mamatqulov rahbarlik qilgan. U qariyb 20 ta nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilgan, shuningdek, bolalar pulmonologiyasi va bolalar revmatologiyasi ilmiy maktablarining asoschilaridan biri hisoblanadi.

  1988-yilda kafedra mudiri etib S.K. Abdurahmonova saylangan va u mazkur kafedraga 2000-yilgacha rahbarlik qilgan. Ushbu davrda kafedraning asosiy ilmiy yo‘nalishi yurak-qon tomir tizimi va buyraklar patologiyasini o‘rganishga qaratilgan.

  2000-yilda kafedra Fakultet pediatriyasi kafedrasi tarkibiga kurs sifatida kiritilgan. 2000–2004-yillarda mazkur kursga dotsent G.N. Qudratova, 2004–2006-yillarda esa dotsent T.A. Bobomurodov rahbarlik qilgan.

  2009-yildan Davolash fakulteti pediatriya kafedrasi o‘z faoliyatini yana mustaqil ravishda davom ettira boshlagan. 2009–2014-yillarda kafedraga tibbiyot fanlari doktori, dotsent S.K. Rasulov rahbarlik qilgan. U o‘zining ilmiy faoliyatini bolalarda nutritsiologiya, mikroelementologiya va gematologiya muammolarini o‘rganishga bag‘ishlagan.

  2014-yildan hozirgi kungacha kafedraga tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor Garifulina L.M. rahbarlik qilib kelmoqda. Professor Garifulina L.M. rahbarligida kafedraning ilmiy faoliyati asosan bolalarda semirish va nutritsiologiya muammolarini chuqur o‘rganishga yo‘naltirilgan.

  Professor Garifulina L.M. 220 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 5 ta monografiya, 2 ta darslik va 10 ta o‘quv qo‘llanma muallifidir.

DSc, professor Garifulina Lilya Maratovna

  Davolash fakulteti pediatriya kafedrasi universitetdagi barcha pediatriya kafedralarining shakllanishi va rivojlanishiga asos bo‘lgan yetakchi kafedralardan biridir. Mazkur kafedra bitiruvchilari orasidan keyinchalik universitetning boshqa pediatriya kafedralariga rahbarlik qilgan mudirlar, professorlar va dotsentlar yetishib chiqqan. Ular qatorida professorlar X.M. Mamatqulov, X.S. Saloxitdinova, J.I. Ishqobilov, M.R. Rustamov, S.K. Abdurahmonova, A.X. Hamrayev, I.T. Salomov, Z.N. Beknazarova, dotsentlar G.Sh. Solihbayeva, R.R. Ro‘ziyev, G.N. Qudratova va boshqalarni alohida ta’kidlash mumkin. 

6aa14c2a78d5d.jpg