Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

DKTF xirurgiya, endoskopiya va anesteziologiya-reanimatologiya kafedrasi

Raxmanov Qosim Erdanovich Tibbiyot fanlari doktori, dotsent

DKTF xirurgiya, endoskopiya va anesteziologiya-reanimatologiya kafedrasi mudiri, t.f.d, dotsent


Qabul vaqti: Dushanba, Shanba soat 8:30-14:00
Tel: +998 (97) 914 55 21
E-mail: qosimmedik@mail.ru
Manzil: Samarqand shaxar, A’zam ko’chasi, 18.

KAFEDRA TARIXI


  Samarqand Davlat tibbiyot instituti DKTF xirurgiya, endoskopiya va anesteziologiya- reanimatologiya kafedrasi 1983 yilda tashkil topgan. Kafedraning tashkilotchisi va birinchi mudiri o’sha paytlarda Viloyat bosh xirurgi t.f.n., dosent A.I. Sidorenko bo’lgan (1983-88). O‘sha paytlar kafedra tarkibida dotsent Abdullaev S.A., dos. Mamishev O.M., dos. Ilyasov I.I. faoliyat yuritishgan.

Sidorinko A. I. Dotsent

  1988 yildan kafedraga professor S.A.Abdullayev mudirlik lavozimiga saylangan.

Abdullayev S.A. Professor

  1993-95 yillari kafedra kursga aylantirilgan, va 1995 yili yana kafedraga aylantirilgan. O’sha vaqtlari kafedra Samarkand shahar 1-son shahar klinik shifoxonasining xirurgiya bo’limi bazasida joylashgan bo’lgan. Undan so’ng kafedra bir qancha davrga Samarkand tuman markaziy shifoxonasining xirurgiya bo’limi bazasiga ko’chirilgan.   1997 yili kafedra 1-son shahar shifoxonasidan 1-son Viloyat birlashgan shifoxonasining xirurgiya bo’limi bazasiga  ko’chirilgan. 2000 yili kafedra Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filiali bazasiga ko’chirilgan.      Professor S.A.Abdullayev kafedraga 2003 –2004 o’quv yiligacha mudirlik qilgan. 2004-2005 o’quv yilining boshidan kafedraga t.f.d., professor J.A. Axtamov saylandi. U kishi bir vaqtning o’zida RShTYОIM Samarqand filialining direktori lavozimida ham ishlagan.

J. A. Axtamov Professor

  Professor J. A. Axtamov  1996 yilda Respublikada birinchilardan bo’lib Samarqand shahar №1 klinik shifoxona bazasida ko’pfunksional endoskopik xirurgiya markaziga asos soldi va ushbu bo’limning mudiri sifatida faoliyat yuritgan.  Ushbu bo’limga 2002 yildan boshlab Viloyat endoxirurgiya markazi statusi berilgan.   Ushbu bo’limga 2002 yildan boshlab Viloyat endoxirurgiya markazi statusi berilgan.  

        J.A. Axtamov Respublikada birinchilar qatorda xirurgik amaliyotga qorin bo’shlig’i a’zolari kichik chanoq va siydik yo’llarida endoskopik operasiyalarni qo’llash usullarini   kiritgan.

  1996 yilda u kishi «Ibn Sino» tibbiyot texnologiyalariga ko’maklashish Fondini asoslagan va shu jamg’arma orqali uzluksiz nashr etilib kelinayotgan kelinayotgan « Umumiy amaliyot do’xtiri axborotnomasi »  ilmiy – amaliy jurnaliga ta’sischilik qilgan. Ushbu jurnalning bosh muharriri  muovini vazifasini jamoatchilik asosida bajarib kelgan. Shu bilan birgalikda « O’zbekistok xirurgiyasi » jurnalini  ma’sul kotibi sifatida ham o’z hissasini qo’shgan. Professor J.A. AxtamovSamarqand va Respublikamizda endoskopik xirurgiyani rivojlanishida o’zining munosib hissasini qo’shgan. U kishining rahbarligida RShTYOIM Samarqand filialida amaliyotga quyidagi davolash usullari kiritilgan: qorin oldingi devori katta, gigant va operasiyadan so’nggi residiv churralarini davolashda polipropilen setkasi yordamida protezlash, qorin bo’shlig’i parenximatoz a’zolari travmasida «Damage control», og’ir va o’tkazib yuborilgan peritonitlarni davolashda «Rejalashtirilgan laparostoma», qorin bo’shlig’i parenximatoz a’zolari travmasida konservativ davolash usullaridir. U kishi rahbarligida kafedra ass. Shonazarov I.Sh. tomonidan 2008 yilda “Bitishmali o‘tkir ichak tutilishini davolash va bashoratlashni takomillashtirish tamoyillari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilingan. Bu davrda kafedra tarkibida prof. Rustamov I.R., dos. Narzullaev S.I., dos. Achilov M.T., ass. t.f.n., Ismailov A.I., ass. Mizamov F.O., ass. t.f.n., Shonazarov I.Sh. lar faoliyat yuritishgan.

  2008-2009 o’quv yilidan to 2023 yilgacha kafedra mudiri lavozimida dosent Narzullayev S.I. mudirlik qilgan.  

6aad23874add3.jpg

  Narzullayev S.I. t.f.n., professor

  U kishi 1972 yili kandidatlik dissertasiyasini himoya qilgan.

  1974 yilda «Sog’liqni saqlash a’lochisi» ko’krak nishoni bilan taqdirlangan.

  1984 yildan dosent unvoni berilgan. Talabalar va yoshlar kadrlarni tarbiyalashdek muhim ishda o’zining katta hissasini qo’shgan ustoz hisoblanib, tibbiyotda ko’plab yangi davolash-diagnostik usullarni kiritgan. Shulardan biri Samarqandda birinchi bo’lib diagnostik-differensial usul sifatida laparoskopiya usulini amaliyotga tadbiq etgan.    S.I. Narzullayev  o’zining boy tajribasi va bilimini hozirgi kunda ham ayamasdan kafedraga malaka oshirishga kelayotgan barcha tinglovchilarga o’rgatib, ularda hozirgi kun tibbiyotida yangi dunyo qarash   va xirurgiyaning diagnostika va davolash borasida yangi texnologik usullarni keng qo’llashni kabilarni o’rgatmoqda.  Mehnat faoliyati davomida Respublikamiz va xorijdagi halqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda fatkanshib kelmoqda. U kishining 200 dan ortiq ilmiy, 20 o’quv va o’quv-uslubiy ishlari, ko’plab rasionalizatorlik takliflri va patenlari chop etilgan.

  Halq sog’ligini tiklash yo’lidagi mehnatlari evaziga Samarqand Davlat institutining 90-yillik yubileyi munosabati bilan uchinchi marotaba «Sog’liqni saqlash a’lochisi» ko’krak nishoni bilan taqdirlandi. Bu davrga kelib kafedrada dos. Achilov M.T., dos. Zamanov Yu.R., dos. Karpina L.S., ass. t.f.n., Ismailov A.I., ass. Mizamov F.O., ass. t.f.n., Shonazarov I.Sh., ass. Kurbonov N.A., ass. Elmurodov G.K., ass. Axmedov R.F.lar faoliyat yuritishgan.

  Yuliy Rafkatovich Zamanov 1968-yilda Samarqand davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 1968-yildan 1970-yilgacha u anesteziologiya va reanimatsiya bo‘yicha klinik tayyorgarlikdan o‘tgan. 1970-yildan 1985-yilgacha esa anesteziologiya va reanimatsiya kafedrasida laboratoriya assistenti bo‘lib ishlagan.

  Zamanov Yuliy Rafkatovich t.f.n., docent

  Yu. R. Zamanov 1976-yilda fan nomzodi ilmiy darajasi uchun dissertatsiyasini himoya qilgan.

  1985-yildan 1995-yilgacha u Samarqand davlat tibbiyot institutining Anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasida dotsent bo‘lib ishlagan. 1995-yildan 2005-yilgacha esa institutning Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti tarkibidagi Anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasiga mudirlik qilgan.

  Yuliy Rafkatovich Zamanov o‘qituvchilik va klinik amaliyotdagi namunali faoliyati uchun 2010-yilda "Sog‘liqni saqlash a’lochisi" ko‘krak nishoni (O‘zbekiston Respublikasi Davlat qo‘mitasi mukofoti) bilan taqdirlangan.

  Yu. R. Zamanov 2005-yildan 2022-yilgacha Samarqand davlat texnika universitetining Jarrohlik, endoskopiya va anesteziologiya-reanimatologiya kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat yuritgan. U 150 dan ortiq ilmiy nashrlar muallifidir.

  2023–2024 o‘quv yillarda kafedraga tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Nizom Azizovich Kurbanov rahbarlik qilgan.

Dotsent Kurbonov N.A.

  Qisqa vaqt ichida u jarrohlik sohasidagi ilmiy izlanishlarga katta qiziqish bildiruvchi istiqbolli mutaxassis sifatida o‘zini namoyon qildi. Kafedradagi faoliyati davomida u mehnatsevarligi hamda hamkasblariga nisbatan e’tiborli va samimiy munosabati bilan ajralib turdi. 2022-yilda u "Mirizzi sindromi bilan asoratlangan o‘t-tosh kasalligini jarrohlik yo‘li bilan davolash usullarini takomillashtirish" mavzusidagi ilmiy ishini himoya qildi. 2023-yilda unga dotsent ilmiy unvoni berildi. U faoliyati davomida 100 dan ortiq ilmiy nashrlar muallifi bo‘lgan hamda ko‘plab mahalliy va xalqaro ilmiy konferensiyalarda ishtirok etgan.

6aad251da3e13.jpg

Kafedra xodimlari

  Tibbiyot fanlari doktori, professor Qosim Erdonovich Rahmonov 2024-o‘quv yilidan boshlab kafedra mudiri etib saylangan. 2024-yildan buyon kafedra Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filialida faoliyat yuritib kelmoqda. Professor Q.E. Rahmonov rahbarligida tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun beshta dissertatsiya himoya qilingan va u 300 dan ortiq ilmiy ishlari nashr etilgan.

  Hozirgi vaqtda kafedrada 10 nafar professor-o‘qituvchi, jumladan, 3 nafar professor, 5 nafar dotsent va 2 nafar assistent faoliyat yuritmoqda. Kafedraning ilmiy-pedagogik kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasi 90 %ni tashkil etadi. Joriy o‘quv yilida yana bir xodimning fan nomzodi ilmiy darajasi uchun dissertatsiya himoyasi rejalashtirilgan bo‘lsa, boshqa uch nafar xodim fan doktori ilmiy darajasi ustidagi ishlarini davom ettirmoqda.

  2026-o‘quv yilida kafedra xodimlari 38 ta ilmiy maqola (28 tasi mahalliy va 14 tasi xorijiy nashrlarda, jumladan, 6 tasi Scopus bazasiga kiritilgan jurnallarda), shuningdek, 5 ta darslik, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta monografiya, 5 ta patent va 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma chop etdilar.

  Dotsent Abdurahmonov F.R. doktorlik va ass. Yusupova Z.K. nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffakiyatli himoya qilishib, O'zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan diplomlarini olishdilar.

  2026 o‘quv yilida kafedra mudiri, professor Raxmanov Q.E. rahbarligida 2 kishi va professor Shonazarov I.Sh. rahbarligida 3 kishi nomzodlik dissertatsiyalarini ximoya qilishdi va O'zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan diplomlarini olishdilar.


MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR


  Shifokorlar jamiyatda  tolaqonli barkamol yetuk shaxs sifatida e’tirof etiladi. Yosh avlodga g‘amxo‘rlik qilish, sog‘lom, barkamol shaxsni tarbiyalashga intilish o‘zbek xalqining milliy xarakterining xususiyatlaridan biridir. Shu sababli ma’naviy-ma’rifiy ishlar DKTF xirurgiya, endoskopiya, anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasining faoliyatining eng muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar doimiy ravishda tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Ushbu ishlarni kafedra mudiri t.f.d., dotsent Raxmanov K.E. va mas’ul dotsent PhD Elmuradov G‘olibjon Karshievich muvofiqlashtiradi va tashkil etadi.

    Kafedrada professor-o'qituvchilar tinglovchilar bilan quyidagi ishlarni boradi:

  •  Haftaning har payshanba kunlari rejaga muvofiq ma’naviyat soatlari muntazam o`tkaziladi. Bundan tashqari har kuni ertalab tinglovchilar, magistratura rezidentlari va klinik ordinatorlar bilan 5 daqiqa davomida oxirgi yangiliklar, ma'naviy-ma'rifiy sohada suhbat o’tkaziladi.
  •  Prezident Sh.M.Mirziyoyevning asarlari va nutqlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining farmonlari va qarorlari bilan tanishtirib boriladi, shuningdek barkamol avlodni tarbiyalashga, yoshlarning umuminsoniy, milliy va ma'naviy dunyoqarash fazilatlarini oshirish va takomillashtirish maqsadida quyidagi yunalishda ma'naviy va ma'rifiy ishlar  olib borladi:  
  •  respublikada bunyodkorlik islohotlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish va rivojlantirish;
  •  tinglovchilar va klinik ordinator, magistratura rezidentlari o'rtasida sog'lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish;
  •  tinglovchilar va klinik ordinator, magistratura rezidentlari o'rtasida siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirish;
  •  dunyoda va mamlakatda bo'layotgan ijtimoiy, siyosiy va ijodiy voqealar to'g'risida tinglovchilarga va klinik ordinator, magistratura rezidentlariga o'z vaqtida ma'lumot etkazib berish;
  •  tinglovchilar va klinik ordinator, magistratura rezidentlari o'rtasida sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish;
  •  o'quv muassasasining yo'nalishi va ixtisoslashuviga mos ravishda tinglovchilarning va klinik ordinator, magistratura rezidentlarining bo'sh vaqtini tashkil etish, turli xil tadbirlarda ishtirokini tashkil etish;



KAFEDRA O`QUV VA O`QUV-METODIK ISHLARI


  Kafedrada xirurgiya, anesteziologiya-reanimatologiya va urologiya yo‘nalishlari bo‘yicha vrach-tinglovchilar diplomdan keyingi ta’lim doirasi o‘z malakalarini oshirishadi. Undan tashqari ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha birlamchi ixtisoslashtirish va tiklovchi sikllarida o‘qishib lozm muttaxassiliklarga eg bo‘lishadilar. Kafedrada magistratura va klinik ordinatura yo’nalishi bo’yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yo’lga qo’yilgan.

  Yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha umumiy malaka oshirish (UMO- 144 s), mavzuiy malaka toshirish (MMO-54, 72 soat) sikllari bo‘yicha mutasxassislar o‘zlarining malakalarini oshiradilar.

  Undan tashqari xirurgiya yo‘nalishi bo‘yicha ixtisoslashtirish sikllari mavjud;

-umumiy xirurgiya (864 soat ixtisoslashtirish sikli, 504 soat ixtisoslikni qayta tiklash sikli);

-Firoendoskopiya (504 soat ixtisoslashtirish sikli);

-“Tez tibbiy yordam-103” mutaxassisligi bo‘yicha birlamchi ixtisoslashtirish sikli (216 soat);

-“Qon tomir xirurgiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha birlamchi ixtisoslashtirish sikli (504 soat);

Anesteziologiya-reanimatologiya bo‘yicha:

- Anesteziologiya va reanimatologiya mutaxassisligi bo‘yicha birlamchi ixtisoslashtirish sikli (864 soat);

- Anesteziologiya va reanimatologiya mutaxassisligi bo‘yicha tiklovchi sikli (504 soat).

Urologiya bo‘yicha:

-Endourologiya mutaxassisligi bo‘yicha birlamchi ixtisoslashtirish sikli (504 soat).

  O’qitish jarayoni uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat standarti;
– O’quv dasturi;
– O’quv ishchi dastur;
– Ta’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
– O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
– tasdiqlangan tashxis standartlari;
– xalqaro tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).

  O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
  Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar,prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar va videoproektorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv asturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barchab o’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.

  Kafedraning elektron kutubxonasi:


  • Kutubxonada ingliz, o’zbek va rustillaridagi 110 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
  • Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.

  Dars mobaynida vrach-tinglovchilar uchun mavzuga oid bemorlarni zamonaviy instrumental diagnostika jarayonlarini  qatnashishi uchun barcha shart sharoitlar mavjud.


ILMIY TADQIQOT ISHLARI


  Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari yosh avlodni mustaqillik g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, zamonaviy tibbiyot fanining falsafiy muammolari, O'zbekiston davlatchiligi tarixining turli jihatlari bo'yicha olib borilmoqda.

  Kafedraning barcha xodimlari kafedra va universitet ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqdalar. Professor-o‘qituvchilar tarkibi 10 kishidan iborat bo‘lib, shulardan 2 kishi t.f.d., professor, 1 kishi t.f.n., professor, 1 kishi t.f.d., 4 kishi t.f.n., dotsent, 1 kishi t.f.n., assistent va 1 assistent.Hozirgi kunda 4 nafar xodim mustaqil izlanuvchilar (dotsent Mizamov F.O., Axmedov R.F. va Elmurodov G‘.K. – doktorlik ilmiy ishi, ass. Sadullaev M.M. – nomzodlik ilmiy ishi ) ilmiy faoliyat olib borishmoqda.

  So'nggi 5 yil ichida kafedra xodimlari tomonidan 300 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan, shu jumladan 5 ta darslik, 15 ta o'quv qo'llanma, 7 ta monografiya, yetakchi respublika va xalqaro jurnallarda 100 dan ortiq maqolalar, Scopus maqolalar – 17, EHM uchun dasturlar – 15, ixtiro patenti (IAP, FAP) – 9, uslubiy tavsiyanomalar – 20, ratsionalizatorlik takliflari – 12 chop etilgan.

  O‘tgan 5 yil davomida kafedra xodimlari 15 ta xalqaro ilmiy anjumanlarda ishtirok etib, sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

  Kafedrada klinik ordinatorlar va magistratura rezidentlari tahsil olishadi. Klinik ordinatorlar va magistrantlar universitet va kafedraning ilmiy yo'nalishiga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug'ullanadilar.

  2025 yilda kafedra xodimlarining o‘quv yilida jami yig‘ilgan ixtibosligi 175, h- indeksi esa 31 ni tashkil qilgan. Bugunki kunda kafedra xodimlarining ilmiy salohiyati 90% tashkil etadi.

  Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan chop etilgan materiallarning iqtibos darajasi va Gersh indeksi 7 nafar xodim tomonidan aniqlandi: kafedra mudiri – t.f.d., professor Raxmanov K.E., dots. PhD Mizamov F.O., t.f.n., dotsent Achilov M.T., t.f.d., professor Shonazarov I.Sh., dots. PhD Eumurodov G.K., dots. PhD Axmedov R.F. va dots. PhD Abduraxmanov F.R.

  Birgina 2025-2026 o‘quv yilida kafedra mudiri t.f.d., professor Raxmanov K.E. rahbarligida 4 ilmiy izlanuvchi va t.f.d., professor Shonazarov I.Sh. rahbarligida 4 ilmiy izlanuvchilar o‘zlarining tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalarini himoya qilishdi.


ILMIY TUGARAK


  "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari "Yosh ma'naviyatchilar" deb nomlangan talabalar ilmiy to'garagi yig'ilishlarini tashkil etish, Samarqand Davlat tibbiyot universitetida bo'lib o'tgan xalqaro va respublika talabalarining ilmiy-amaliy konferentsiyalari doirasida alohida sho’ba yig’ilishlarini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining respublika tanlovlari uchun ijtimoiy-gumanitar bilimlarning dolzarb muammolari, zamonaviy tibbiyotning falsafiy, uslubiy va bioetik muammolari bo'yicha tadqiqot ishlarini tayyorlashadi.

  Tibbiy bilimlar va faoliyatning ijtimoiy-gumanitar muammolariga, bo'limga qiziqqan barcha talabalar, to'garak a'zolarining yutuqlarini rag'batlantirgan holda, hamkorlikka chaqiradilar.

  To'garak faoliyati uchun mas'ul rahbar o'qituvchi Suyunova Kamilla Bahramovna, bugungi kunda u asosiy doktorant, shuningdek 100 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi.

  Kichik kurs sardori: F. Olimjonova, tibbiy-pedagogika fakulteti 3-bosqich talabasi, 30 ta ilmiy maqolaning muallifi va hammuallifi, "Biz korruptsiyaga qarshimiz" tanlovining 1-darajali diplom sohibi, rektor stipendiyasi sohibi.

  Katta kurs sardori: Valieva S., Pediatriya fakulteti 6-kurs talabasi, 42 ta ilmiy maqolaning muallifi va hammuallifi, 15 ta diplom, 20 ta sertifikat, 4 ta faxriy yorliq, 2 ta minnatdorchilik xati egasi, "rektorlik stipendiyasi" va "Islom Karimov" stipendiyalari laureati.


XALQARO HAMKORLIK ALOQALARI


  Samarqand Davlat tibbiyot universiteti internatsionalistik vazifalari universitet rivojlanish Kontsepsiyasiga asoslanib, xalqaro taʼlim kenglikda oʼz oʼrnini mustahkamlashga yunaltirgan. Internatsionalizatsiyaning asosiy ustunliklari chet eldan kelgan oʼquvchilarning sonini koʼpaytirish, chet davlatdagi oliy oʼquv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan qoʼshma loyihalarni rivojlantirish, chet eldagi oʼquv yurtlarida dars beruvchi tadqiqotchilar va oʼqituvchilar sonini oshirish, ikkita diplom berish imkonini yaratadigan chet eldagi oliy oʼquv yurtlari bilan qoʼshma dasturlarni sonini oshirishdadir. 60 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlari, chet eldagi universitetlari va ilmiy – tadqiqot markazlari taʼlim va fan yunalishda xalqaro hamkorlikning qatnashchilarini bilan Samarqand Davlat tibbiyot universiteti tenglik mohiyatidan kelib chiqqan holda aloqalarni rivojlantirmoqda. Yevropa, Osiyo, Shimoliy Аmerika va MDH universitetlari bilan hamkorlik muloqotlarning rivojlanishi qoʼshma dastur va taʼlim mobilligiga asoslangan.

  Har yili hamkorlik muloqotlarni oʼrnatish, oʼqish, mahoratni oshirish, ilmiy anjumanlarda qatnashish maqsadida SamDTU-ga tashrif buyuradigan cheteldagi yuqori malakali mutaxasiss, professor, talaba va tadqiqotchilar soni oshib bormoqda.

  SamDTU butun dunyo taʼlim va fan markazlari, universitetlari, jamoat tashkilotlari bilan aloqa tuzishga tayyor va universitet eshiklari hamma chet eldagi abiturient, talaba, izlanuvchi va oʼqituvchilari uchun ochiq.

  Hamkorlik jugrofiyasi: Kafedra xodimlari Istambul Tibbiyot Universiteti, Qozon davlat Tibbiyot Universiteti, Озарбайжон Республикаси тиббиёт университети professor o’qituvchilar bilan birgalikda ilmiy amaliy hamkorlik doirasida uzoq va qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida qаtnashib kelmoqda. Shuningdek, ilmiy ishlari natijalarini nufuzli xalqaro nashrlarda chop etib kelinmoqda va yaqin va uzoq chet el davlatlardagi 10 ta dan ortiq oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan aloqa va hamkorlik muloqatlari mavjud:

  Ma’lumot uchun, professor Atesh Kadi og‘lu 2002-2009 yillarda Turkiya Androloglar jamiyati prezidenti, 2008-2012 yillarda Turkiya Urologlar uyushmasi prezidenti bo‘lgan. Hozirda Turkiya Androloglar jamiyatining faxriy prezidenti, Istanbul universiteti tibbiyot fakulteti andrologiya kafedrasi mudiri, Turkiya Urologlar uyushmasi vitse-prezidenti, Turkiya Urologiya akademiyasi koordinatori va Turkiyaning “Urologiya jurnali” bosh muharriri.