Ilmiy to'garak
Otorinolaringologiya №1 kafedrasi talabalari ilmiy-tadqiqot ishlari “Kelajak LORlar” nomli talabalar ilmiy to‘garagi yig‘ilishlarini tashkil etish orqali amalga oshiriladi.
Xalqaro va respublika miqyosidagi talabalar ilmiy-amaliy konferensiyalari, olimpiadalar va turli tanlovlar doirasida, Samarqand davlat tibbiyot universitetida talabalar LOR kasalliklarining dolzarb muammolari, zamonaviy tashxislash va davolash usullariga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlarini tayyorlaydilar. Otorinolaringologiya yo‘nalishiga qiziqqan barcha talabalar to‘garakka hamkorlikka chorlanadi va to‘garak a’zolarining yutuqlari rag‘batlantiriladi.
Talabalar ilmiy to‘garagi faoliyatiga mas’ul rahbar – assistent Isxakova Fotima Sharifovna bo‘lib, u mustaqil izlanuvchi va 47 dan ortiq ilmiy ishlar muallifidir.
To‘garak faollari:
- Boliev I. – Pediatriya fakulteti 6-bosqich talabasi, 17 ta ilmiy ish muallifi va hammuallifi, 10 ta diplom, 15 ta sertifikat, 2 ta faxriy yorliq sohibi, “Rektor stipendiyasi” g‘olibi.
- O‘ktamova Vazira Pediatriya fakulteti 5-kurs talabasi, 9 ta ilmiy ish muallifi va hammuallifi, 4 ta diplom, 7 ta sertifikat, 1 ta faxriy yorliq sohibi.
- Hamdamova Go‘zal Pediatriya fakulteti 5-kurs talabasi, 11 ta ilmiy ish muallifi va hammuallifi, 5 ta diplom, 9 ta sertifikat, 2 ta faxriy yorliq sohibi, IELTS egasi - 7,5 ball.


