Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tasdiqlangan reja asosida amalga oshirilib, unga ko‘ra tarixiy sanalar, umumxalq bayramlariga bag‘ishlangan turli tadbirlar, sport musobaqalari, marafonlar o‘tkazilmoqda. Kafedrada har haftaning juma kuni “AXBOROT SOATI” boʻlib oʻtadi, unda talabalar va kafedra xodimlariga ma’naviy-ma’rifiy sohaga doir O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Qarorlari, Vazirlar Maxkamasi qarorlari va buyruqlari va yurtimizda va xorijda bo'ladigan yangiliklar, haqida ma’lumot berib boriladi va bayonnomada qayd etiladi. Kafedrada ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha ma’sul assistent M.F.Amonova.


Talabalar o‘rtasida yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirish, kasbiy faoliyatga qiziqishni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish, talabalarni universitetda o‘tkaziladigan madaniy tadbirlarga keng jalb etish kafedra faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun kafedraga kuratorlik guruhlari biriktirilib, ularning faoliyati tasdiqlangan reja asosida olib borilmoqda.
Har bir kuratorning ish rejasi bo‘lib, uning asosida o‘z qaramog‘idagi guruh bilan turli tadbirlar o‘tkazadi. Har bir kuratorda har bir talaba va uning kundalik tartibi haqida ma'lumotlar mavjud. Voqealar syujetini aks ettiruvchi albom va disklar ham mavjud. Kuratorlar muntazam ravishda talabalar bilan uchrashadilar.

Kafedra хоdimlari tomonidan litsеy kollejlarda maʼruzalar tashkil qilinib, talabalar bilan suhbatlar olib boriladi.

Kafedra xodimlari talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talabalar uchun muntazam

ravishda mahorat darslarini o‘tkazib kelmoqda. Ushbu tadbirlar talabalarning tibbiy savodxonligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Shuningdek, talabalarni qiziqtiradigan dolzarb masalalar bo‘yicha ma’ruzalar va suhbatlar tashkil etiladi.
Kafedra xodimlari talabalar bilan birgalikda ularning salomatligini mustahkamlash, jismoniy tarbiyani ommalashtirish hamda jamoaviy ruhni shakllantirishga qaratilgan sport-sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishda faol ishtirok etib kelmoqda.
Kafedra xodimlari turli sport tadbirlari va marafonlarda ham faol qatnashmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-mart kuni sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat tibbiyot universiteti 3-son akusherlik va ginekologiya kafedrasi assistentlari aholi o‘rtasida profilaktik tibbiy ko‘riklarni tashkil etish va o‘tkazishda faol ishtirok etib kelmoqda.
Payariq tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda muntazam ravishda sayyor tibbiy ko‘riklar tashkil etilmoqda. Mazkur tadbirlar malakali tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, kasalliklarni erta aniqlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olish hamda tuman aholisi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan.
