Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

  Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyati yosh avlodni mustaqillik g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, yoshlarda huquqiy madaniyatni shakllantirish, zamonaviy tibbiyot fanining falsafiy muammolarini o‘rganish hamda O‘zbekiston davlatchiligi tarixining turli jihatlarini tadqiq etishga yo‘naltirilgan.

  3-son akusherlik va ginekologiya kafedrasining barcha xodimlari kafedra hamda Samarqand davlat tibbiyot universitetining ilmiy-tadqiqot faoliyatida faol ishtirok etib kelmoqda.

  Hozirgi kunda kafedra mudiri N.N.Shavazi tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent hisoblanadi. So‘nggi to‘rt yil davomida kafedraning to‘rt nafar xodimi «Akusherlik va ginekologiya» hamda «Onkoginekologiya» ixtisosliklari bo‘yicha dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilib, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘ldi. Ular: D.I.Tugizova, G.N.Indiaminova, F.N.Atayeva va M.F.Omonova.

  Hozirgi vaqtda kafedraning to‘rt nafar xodimi PhD ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida dissertatsiya tadqiqotlarini davom ettirmoqda. Ular: S.U.Narkulova, P.X.Ikromova, A.X.Sattorova va I.N.Kamarova.

  Alohida ta’kidlash joizki, ushbu to‘rt nafar izlanuvchining ilmiy rahbari kafedra mudiri, dotsent, tibbiyot fanlari doktori (DSc) N.N.Shavazi hisoblanadi. Uning ilmiy rahbarligi ostida akusherlik va ginekologiyaning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha dissertatsiya tadqiqotlari olib borilmoqda.

  Kafedraning har bir xodimi ilmiy-tadqiqot faoliyatiga faol jalb etilgan bo‘lib, zamonaviy akusherlik va ginekologiyaning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

  Kafedraning asosiy ilmiy yo‘nalishi: muddatidan oldingi tug‘ruqlarni prognoz qilish va oldini olishning zamonaviy usullarini o‘rganish.

  Kafedra xodimlari ilmiy tadqiqotlari natijalarini muntazam ravishda mahalliy va xorijiy ilmiy nashrlarda chop etmoqda. Shuningdek, ular xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar, kongresslar hamda simpoziumlarda faol ishtirok etib, o‘z tadqiqotlari natijalarini taqdim etib kelmoqda.

  Kafedraning ilmiy salohiyati — 42%.

  Tasdiqlangan dissertatsiya tadqiqotlari mavzulari soni — 4 ta.

  So‘nggi besh yil davomida kafedra xodimlari tomonidan 400 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etilgan, 18 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 5 ta o‘quv qo‘llanma va 7 ta monografiya nashr etilgan hamda 20 dan ortiq elektron hisoblash mashinalari (EHM) uchun dasturlar ishlab chiqilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

  Bundan tashqari, kafedra mudiri, dotsent, tibbiyot fanlari doktori (DSc) N.N. Shavazi muallifligida ta’lim jarayonida keng foydalanilayotgan uchta darslik chop etilgan.