Ilmiy to'garak
3-son akusherlik va ginekologiya kafedrasida Talabalar ilmiy jamiyati (TIJ) faoliyat yuritib kelmoqda. Uning faoliyati talabalarning ilmiy-tadqiqot salohiyatini rivojlantirish, kasbiy bilimlarini takomillashtirish va ilmiy faoliyat olib borish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.
Hozirgi vaqtda Talabalar ilmiy jamiyatiga 30 nafar talaba a’zo hisoblanadi.
2025–2026-o‘quv yili davomida kafedraning tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq ilmiy-amaliy to‘garakning 20 ta yig‘ilishi o‘tkazildi. Ushbu yig‘ilishlarda akusherlik, ginekologiya, onkoginekologiya va reproduktiv tibbiyotning dolzarb masalalari muhokama qilindi. To‘garak a’zolari ilmiy ma’ruzalar bilan chiqish qildi, klinik holatlar taqdimotini o‘tkazdi, zamonaviy ilmiy nashrlarni tahlil qildi, munozaralarda ishtirok etdi hamda ilmiy-tadqiqot faoliyati asoslarini o‘zlashtirdi.
Kafedra talabalari va klinik ordinatorlari universitetning ilmiy hayotida faol ishtirok etib, ilmiy-amaliy konferensiyalarda ma’ruzalar bilan qatnashmoqda, o‘z tadqiqotlari natijalarini nashr etmoqda hamda turli ilmiy forumlarda kafedra sharafini munosib himoya qilmoqda.
Hisobot davrida kafedra talabalari va klinik ordinatorlari «Samarqand – 2020» xalqaro olimpiadasi, shuningdek, talabalar va yosh olimlarning 80-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida faol ishtirok etdi. Ishtirok natijalariga ko‘ra, ular I, II va III darajali diplomlar bilan taqdirlandi. Ushbu yutuqlar kafedra talabalari va klinik ordinatorlarining yuqori tayyorgarlik darajasi, ilmiy faolligi va kasbiy salohiyatidan dalolat beradi.

Yashika Yadav Akusherlik va ginekologiya yo’nalishi bo;yichaII o’rin

Olimjonova Farahnoz Akusherlik va ginekologiya yo’nalishi bo;yicha II o’rin
Talabalar, talabalar ilmiy to’garakida bemorlar ko’ridan foto lavhalar


